Inhalt
#tayinlov STRATEGIK RIVOJLANISH AGENTLIGINING MATBUOT KOTIBI TAYINLANDI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq hamda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining xulosasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi etib Xasanova Manzura Sadiqjanovna tayinlandi. U 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. M. Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan (bakalavr, magistr). 2004-2019 -yillarda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida turli lavozimlarda, 2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Raisining maslahatchisi- matbuot kotibi lavozimida ishlagan. Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati 👉👉👉: https://t.me/sda_uzbekistan TELEGRAM / INSTAGRAM / FACEBOOK / LINKEDIN / YOU TUBE / TWITTER