TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← noordiev.dev
noordiev.dev avatar

TGINSIGHT POST

Post #288

@noordievdev

noordiev.dev

Ansichten1,930Anzahl der Ansichten
Gepostet9. Apr.09.04.2025, 18:45
Beitragsinhalt

Inhalt

AI ishingizni olib qo’yadimi? OpenAI da 3 nafar ilmiy tadqiqotchilar bilan ko’rishdik, ular ham bir xil fikrda. Ya’ni, AGI (inson qobiliyatlarini taqlid qila oladigan sun’iy idrok) keyingi 5 yillikda dunyoga keladi, va deyarli o’zlari ham ishsiz qolishlari mumkinligini aytishdi. Yoki bo’lmasa, Dan Hendrycksni olaylik, Center for AI Safety rahbari. Keyingi 3-5 yilda AGI chiqishini va hozirdan boshqa “hobby”lar oxtarishni boshlashimiz kerakligini maslahat berdi. Boshqa tarafda esa, Sebastian Thrun, Waymo va Udacity asoschilaridan biri, hamma texnologiya yaxshi va faqatgina hayotimizning sifatini rivojlantirishga ishlaydi deb ta’kidladi. Xullas ba’zilar xotirjam bo’lsa, ba’zilar vahimada. Endi bunga mantiqan qaraylik. Vahima qilayotgan insonlarning ko’pchiligi AI xizmatlarini ishlab chiqarib, sotayotgan jamoa vakillari. Va ko’pincha aynan shunday kompaniyalar hammaga va shu jumladan investorlarga ‘keyingi falon yillarda AGI ni biz ishlab chiqaramiz’ degan sari, investorlar ham ko’proq pul bergisi keladi. Bu gapim bilan hammasi bo’lmagan gap, AI ish bozorida hech narsani o’zgartirmaydi demoqchi emasman, o’zgarishlar bo’lishi aniq. Shaxsan o’ylaymanki, bunday gaplarga quloq solib, vasvasaga tushgandan ko’ra, qiziqqan yo’nalishingizni chuqur o’rganing, diqqatingizni jamlang va sun’iy idrokni sohangizda o’z foydangizga qanday ishlatishingiz mumkinligi haqida o’ylang. Doim AI haqidagi yangiliklarni ko’rib, ijtimoiy tarmoqlardagi vahimachilarni kuzatib, o’zingizni ishsiz qolmay deb har xil narsalarga urishdan foyda yo’q. Shoshilib, chala va nomiga o’qib o’rgangan hunarlaringizni AI albatta sizdan ancha yaxshi qila oladi. Muhimi, diqqatni jamlang. Diqqat va kuchli mehnat endi har doimgidanda muhimroq, ayniqsa bugungi hamma chalg’igan dunyoda. @feruza_dev