TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Ta'lim telekanali | Rasmiy avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim telekanali | Rasmiy

@talim_telekanali

Bildung

Ta'limga doir foydali xabarlar kanaliga xush kelibsiz! Hamkorlik uchun: @Otabek_Hoshimov

Abonnenten4,320Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge1,013Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite21,529Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 1 von 85 · 1,013 Beiträge

Gepostet 7. Apr.

🎬"TASHQARIDA" (hujjatli film)— muhim ijtimoiy mavzuga professional nigoh! 📌Mehnat migratsiyasi bugungi kunda O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ushbu jarayon nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarda, balki inson kapitali, xavfsizlik va huquqiy ong darajasida ham muhim o‘rin tutadi. Progressiv islohotlar markazi tomonidan suratga olingan "Tashqarida" hujjatli filmi migratsiya masalasini kengroq kontekstda yoritadi: 🔹 Migratsiya oqimlarining zamonaviy tendensiyalari; 🔹 Mehnat migrantlari duch kelayotgan real muammolar; 🔹 Qonuniy migratsiya va malaka oshirishning roli; 🔹 Ichki mehnat bozoridagi yangi imkoniyatlar. 🎥 "Tashqarida" — faktlar, tahlil va insoniy hikoyalar uyg‘unligi. 🔗Filmni to‘liq tomosha qiling! @cpr_uz LinkedIn | Twitter | Instagram | YouTube

849 views

Gepostet 22. März

🕊️Prezidentimiz har doim, hatto grafik juda tig’iz bo’lsa ham yoshlar bilan suhbatga vaqt ayamaydilar. Samarqandda ham xuddi shunday bo’ldi. Shahar markazidagi eski harbiy gospital o’rnida kreativ yoshlar shaharchasi qad rostlabdi. Ayni shu yerda yoshlar bilan o’tgan samimiy suhbatlarni bitta videoda jamladik. Kimdir savol berdi, yana kimdir g‘oyasini aytdi, kimdir esa - balki kelajakdagi katta loyihasining birinchi qadamini shu yerda tashladi. Albatta ko’ring, balki sizning ham do’stlaringiz bordir ular orasida.😉 @Sinchalak_blog

1,090 views

Gepostet 11. Feb.

Tashkent Metropolitan University (TMU) 2026–2027 o‘quv yili uchun xalqaro til sertifikatiga ega abituriyentlarga 100% gacha grantlar taqdim etadi. 🎓Grantlar tizimi: 🔥 IELTS 6.5 – 9.0 — 100% gacha grant 🔥 IELTS 6.0 — 75% grant 🔥 IELTS 5.5 — 50% grant 🔥 IELTS 5.0 — 25% grant ✅ Grantlar TOEFL, CEFR, Duolingo sertifikatlariga ham tatbiq etiladi 🚨2026-yil qabul jarayoni ochildi va 21 avgustgacha davom etadi 🔒 Grant va kvotalar cheklangan — erta topshirgan yutadi! ⸻ 📚Yo‘nalishlar bo‘yicha kvotalar (har biri 100 tadan): ⚖️ Yurisprudensiya 💼 Buxgalteriya, Menejment, Marketing 💻 Kompyuter muhandisligi 🌍 Xalqaro biznes, Iqtisodiyot 🗣️ Ingliz tili filologiyasi 🧸 Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim ⸻ 🌍Xalqaro ta’lim. Mahalliy imkoniyat. Global kelajak. TMU — bu nafaqat universitet, balki sizning kelajagingizga yo‘l. 👇Qabul va ariza topshirish: @tmuqabulbot 📞 +998 71 200 01 23 #TMU2026#IELTSGrant#Qabul2026#TalabalarUchun#KelajakBugundan

1,680 views

Gepostet 10. Feb.

📚 Rahimov matematika olimpiadasida qatnashing! Iqtidorli, bilimga chanqoq o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun matematika fanidan olimpiada o'tkazmoqdamiz! Olimpiadada Respublikamizning shahar, tuman va eng chekka qishloqlardan ham 5…

1,230 views

Gepostet 10. Feb.

📚Rahimov matematika olimpiadasida qatnashing! Iqtidorli, bilimga chanqoq o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun matematika fanidan olimpiada o'tkazmoqdamiz! Olimpiadada Respublikamizning shahar, tuman va eng chekka qishloqlardan ham 5-, 6-, 7- va 8-sinf o‘quvchilari qatnashishlari mumkin. G‘olib boʻlgan 12 o‘quvchiga Rahimov School: 🏫 To'liq o'qish 🛏 Yotoqxona 🍽 Ovqatlanish xarajatlarini qoplaydigan 100% lik GRANT taqdim etadi! 📝 Olimpiada bosqichlari va umumiy shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: telegra.ph/Rahimov-Matematika-Olimpiadasi-02-05 📌Roʻyxatdan oʻtish uchun: @RS_olimpiadabot 👉Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring! @RahimovSchool | @rs_olimpiada

1,350 views

Gepostet 28. Jan.

Doʻstlarimiz yaxshi bilishadi – 2026-yil, 21-yanvar, chorshanba, soat 10:00 – 12:40lar oraligʻida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Alisher Navoiy “Gʻaroyib us-sigʻar” devoni kontekstining nazariy masalalari” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini himoya qildik. Bu bosqich kamina uchun juda jiddiy edi. Bu haqda boshdan kechirganlarimni hujjat ishlaridan sal yengillasam, yozish niyatidaman. Oʻsha kuni himoya jarayoni doʻstimiz Otabek Hoshimov tomonidan toʻliq tasvirga olindi. Hozir tanitimi tayyor boʻlibdi. Himoya jarayonini koʻrish biroz zerikarli kechishi mumkin, chunki ilmiy bahsni yaxshi anglash uchun shu soha ichida boʻlish kerak. Aks holda, muayyan qiyinchiliklar saqlanib qoladi. Shu sababli tizerning oʻzi ham jarayondan biroz boʻlsa-da, xabar bera oladi deb oʻylaymiz. Toʻliq tasvirni tayyor boʻlgach, youtubedagi oʻzanimizga joylaymiz, nasib.

1,410 views

Gepostet 4. Jan.

Juda ham foydali ma'lumotlar aytilibti. Tavsiya qilamiz. 👉https://youtu.be/1AHaFE9NOYo?si=CfmLa-UECNPaN-Bi

2,100 views

Gepostet 20. Dez.

Bugun - Registon tarixidagi unutilmas kun! Registon ta’lim loyihasi asoschisi — Avazbek TulovovO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim yo‘lida qilgan ulkan, fidokorona va samimiy xizmatlari uchun “Xalq Ta’limi A’lochisi”ko'krak nishoni bilan taqdirlandi🏅 Ushbu muvaffaqiyat bilan butun Registon ta'lim loyihasi ustozlari, ota onalari va o'quvchilari nomidan chin qalbdan muborakbot etamiz. Registon ta'lim loyihasi bilan O'zbekiston ta'limini dunyoda 1-o'ringa olib chiqamiz!

2,560 views

Gepostet 19. Dez.

Xushxabar! Yana bir o‘quvchimiz Harvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga kirdi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi! Dilafro‘z 2008-yil 1-aprelda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. Ayni damda u Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi. Uning yutuqlari talaygina. SAT xalqaro imtihonidan 1540 ball, xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ballni qo‘lga kiritgan. Asosiy fan olimpiadasida ingliz tilidan Farg‘ona viloyatida 1-o‘rin hamda nemis tili multilevel imtihonidan B2 daraja olgan. Shuningdek, u maktabdagi eko-qo‘mita sardori, Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan tashkillangan Hogwarts yozgi oromgohi ikki karra qatnashchisi, Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi yarim-finalisti, Harvardning HPAIR konferensiyasiga qabul qilingan, Technovation Girls xalqaro tanlovining o‘quvchilar vakili va UNESCO tomonidan tashkillangan “Be an explorer” tanlovi finalisti. Yodingizda bo‘lsa Dilafro‘z “Raqamli avlod qizlari” loyiha tanlovida o‘zining “EcoHelp” deb atalgan loyihasi bilan faol ishtirok etgan edi. Mana bu videoda u va boshqa qizlarimiz haqida ma’lumot bergan edik. U loyihasida bugungi kundagi eng katta muammolardan bo‘lgan chiqindi masalasini hal etishga qaratilgan, bu orqali faol fuqarolarni rag‘batlantirish mumkin bo‘lgan ilova ishlab chiqqan edi. Ko‘rib turganingizdek Dilafro‘z davlatimizda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalana olgan hamda tinimsiz mehnatlari evaziga mana shu darajaga erishgan. Ayni vaqtda Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Asilbek Ashurov,Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova va boshqa yoshlarimiz ham Harvard universitetida tahsil olmoqda. Davlatimiz rahbarining ta’limdagi islohotlari mevasini beryapti: mana shunday yutuqlar, natijalar orqali. Dilafro‘zni yana bir bor tabriklayman, ota-onasi, ustozlariga ham tashakkur. Yutuqlaring bardavom bo‘lsin, qizim! Hamisha yurtimiz sha’nini yuksaklarga ko‘tar, xalqimiz va davlatimiz rahbari ishonchini oqla! @hilola_umarova

1,820 views

Gepostet 17. Dez.

Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligining asosiy vazifalari nimalar? 🇺🇿Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligining asosiy vazifalari ta'lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o'tkazish, milliy reytingni yuritish va umummilliy so'rovnomalar o'tkazishdan iborat. ✨Sifatli ta’lim — kelajakni bunyod etuvchi kuch. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #asosiyvazifalar#nqaae ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

2,230 views

Gepostet 12. Nov.

🚀Har bir farmatsevt bu videoni ko‘rishi kerak | Pharmaceutical Technical University To'liq video: ➡️https://youtu.be/IznEla7mEmk - 80 mln $ lik Xalqaro darajadagi universitet - 2 mlrd $ lik Unikal farmatsevtik klaster 🎁 Video so'ngida qiymati 5 000 000 so’mga yaqin PREMIUM KIMYO kitoblarimizni maktabingiz jamoasi (3 ta maktab uchun 20 juftdan) bilan BEPUL yutib olishingiz uchun konkurs e'lon qilganmiz. Videoga layk bosib, yaqinlaringizga ulashing.

2,550 views

Gepostet 2. Nov.

Ta'limga oid ko'p takrorlanayotgan savol - javoblar 1️⃣ O'z vaqtida maktabni bitirmaganlar qanday qilib attestat olishi mumkin? ✅Javob:Bu yerda 2️⃣ Farzandimga oltin medal berilmaydimi? ✅Javob:Bu yerda 3️⃣ Bog‘chaga qo‘yilgan elektron navbat, yuqoriga emas, pastga ham tushishi mumkinmi? ✅Javob: Bu yerda 4️⃣ To‘g‘ridan - to‘g‘ri oliy toifa olish mumkinmi? ✅Javob: Bu yerda 5️⃣ Vazir jamg'armasidan ustama olish uchun oliy toifali ustozlar ham malaka toifa sinovlarida ishtirok eta oladilarmi? ✅Javob:Bu yerda 6️⃣ Pedagoglar attestatsiyada ishtirok etish uchun malaka oshirgan bo'lishi shartmi? ✅Javob:Bu yerda 7️⃣ Vazir jamg'armasidan har oylik ustama olishga oid barcha kutgan yangilik ✅Javob: Bu yerda 8️⃣ Maktab qabuliga onlayn ariza yuborish ✅Javob: Bu yerda 🔟 Xorijiy oliy ta'lim muassasasiga topshirish uchun apostil talab etildi, u qanday olinadi? ✅Javob:Bu yerda Shu kabi ko'p so'raladigan savollarga aniq javob olib borish uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling:@Talim_telekanali 🇺🇿 Ushbu javob videolar "Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi" va "Ta'lim telekanali" hamkorligida tayyorlanmoqda. Sizlarga foydali bo'layotganidan xursandmiz!

2,660 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ZurückS. 1 von 85Weiter