TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← AloqaVentures
AloqaVentures avatar

TGINSIGHT POST

Post #116

@AloqaVentures

AloqaVentures

Views366Post view count
PostedFeb 1302/13/2023, 01:49 PM
Post content

Post content

"AloqaTechLab" startap loyihalari uchun Pitch Day o'tkazdi. AloqaTech Lab "AloqaVentures" venchur fondi, AT "Aloqabank" va IT Park tomonidan ishga tushirildi. Tadbir Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida gibrid (onlayn va oflayn) shaklda bo'lib o'tdi. Dasturga 100 dan ortiq arizalar kelib tushdi, ulardan 30 tasi o'z loyihalarini hakamlar hay'ati oldida taqdimot qildi. Hakamlar hay’ati a’zolari loyihalarni taklif etilayotgan yechimning dolzarbligi, erishilgan natijalari, tijoratlashtirish istiqbollari va jamoa salohiyatiga qarab baholashdi. Pitch Day tadbirida g‘oyasi bo‘lgan boshlang’ich darajadagi jamoalar hamda ishlab chiqilgan biznes modeli va MVPga ega bo‘lgan tajribali jamoalar quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etdi: moliyaviy texnologiyalar (FinTech), korporativ texnologiyalar (EnterpriseTech), katta ma'lumotlar texnologiyalari (BigDataTech) va biznes uchun sun'iy intellekt (AI). #aloqatechlab#startup#akselerator Instagram | Rasmiy sayt