Post content
#startup ⭐️UEnter Markaziy Osiyo mamlakatlaridan startaplarni “Startup Battle”da qatnashishga taklif etmoqda 😃 13-noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo startap forumi bo‘lib o‘tadi. Bu forum turli mamlakatlardan startaplar, mutaxassislar, venchur fondlari, akseleratorlar, universitetlar, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar va startap ekotizimining boshqa ishtirokchilarini jalb etadi. Tadbir doirasida “Startup Battle” ham o‘tkaziladi. Saralovdan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 ta startap o‘z loyihalarini mintaqaning yetakchi venchur fondlari oldida taqdim etish uchun Toshkentga taklif etiladi va qimmatbaho sovrinlar uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. ✈️ Toshkentga tashrif bilan bog‘liq barcha xarajatlar forum tashkilotchilari tomonidan qoplanadi. 🗓: 13-noyabr, soat 17:00 📍: UEnter Arizalarni topshirish muddati: 29-oktyabr. ⭐️ Arizani havola orqali topshirish mumkin. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn