TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← AloqaVentures
AloqaVentures avatar

TGINSIGHT POST

Post #44

@AloqaVentures

AloqaVentures

Views314Post view count
PostedSep 2709/27/2022, 09:50 AM
Post content

Post content

#AloqaVentures#AloqaTechLab#startup#venturecapital#demoday Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va startap sohasini takomillashtirish maqsadida “AloqaVentures”, “IT Park Uzbekistan” va “Aloqabank” tijorat banki bilan hamkorlikda, 24 sentyabr kuni “AloqaTechLab” akseleratsiya dasturining yakuniy Demo kuni bo’lib o’tdi. ✅ Ushbu dastur moliyaviy texnologiyalar, elektron tijorat, raqamli xizmatlar va dasturiy mahsulotlar sohasida istiqbolli startap loyihalarni ishga tushirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. 🚀 Akseleratsiya dasturining final bosqichiga 26 ta startap-loyiha va 189 nafar ishtirokchi yo‘l oldi, ular orasidan AloqaVentures venchur fondidan 50 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan investitsiyalarni olish imkoniyatiga ega bo‘lgan startap loyihalari aniqlandi. Bundan tashqari, “AloqaTech Lab” akseleratsiya dasturida tanlab olingan finalchilar xalqaro Entrepreneurship World Cup 2022 tanlovida ishtirok etishadi. www.aloqaventures.uz, www.aloqatechlab.uz