Post content
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a’zolari! 26-iyuldan boshlab kanalimizdagi kun misollariga yechimlaringizni izohning o’zida qoldirishingiz hamda misollarga qoldirilgan yechimlar bilan tanishishingiz mumkin bo’ladi. 3 kun mobaynida esa (26,27,28 kunlari) imtixon onlari yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan kichkinagina bellashuv tarzida kun misollariga start beramiz. Tartibi quyidagicha: ✍️ Kun misollari har kuni soat 09:00 da kanalimizga joylanib boriladi (yechim yuborish vaqti chegaralanmagan) va 10tagacha misol bellashuv safidan joy oladi, 3 kun davomida mana shu ro’yxat shakillantiriladi hamda ovoz tarzida 4-kuni (yoki 3-kunning o’zida) kanalimizga yuboriladi va g’olibimiz ham o’sha kuni aniqlanadi. G’olibimizga esa kanalimiz tomonidan Avezov Behruzning Matematika variantlari kitobining 2 qismi ham topshiriladi (pochta orqali). Eslatib o’tamiz, yechim yuborayotganingizda imkon qadar ismingiz hamda viloyatingizni ham yozib qoldirishni unutmang. ➖ Agarda siz abituriyent yoki shu yo’nalishda dars bermasangiz, yoki bo’lmasam variant kitoblarning keragi yo’q deb bilsangiz, u holda sizga badiiy kitob taqdim etiladi. Omad yor bo’lsin!