TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Math World
Math World avatar

TGINSIGHT POST

Post #13855

@Maths_riyo

Math World

Views2,200Post view count
PostedSep 1509/15/2023, 05:48 PM
Post content

Post content

Hurmatli kanalimiz a’zolari! Assalomu alaykum. Esingizda bo’lsa tez orada ikkinchi yangilikni ham e’lon qilaman deb aytgandim, mana o’sha kun ham yetib keldi, ming shukur! Angliyaning universitetiga magistraturaga o’qishga kirganligim haqida ming bir minnatdorchilik bilan endi aytsam ham bo’ladi😊😊 Ammo afsuski, bilishim bo’yicha u yerda telegram yaxshi ishlamaydi (yoki umuman ishlamaydi). Shuning uchun ham kanalni faoliyatini bugundan e’tiboran to’xtatishga majburman! Bu kanal men uchun juda ham qadrli va ko’p ahamiyatga ega, uni men ochganim uchun emas, balki faoliyatini boshlaganidan buyon qanchadan qancha bilimli insonlarni kashf qilganligi uchun. To’g’risi, qiziqarli o’yinlar, sertifikatlarni taqdim qilishlar, duel battle hamda ayniqsa Matematika ko’rsatuvlari menga ham juda yoqqandi. Umid qilamanki Maths_riyo kanali kimgadir foyda, kimgadir bilim, kimgadir esa vaqtini qiziqarli va manfaatli o’tkaza olishi uchun sabab bera oldi. Barchangizga kattakon rahmat. Azizaxon To’raxo’jayeva 👉@maths_riyo