Post content
🔥 PDP University shijoatli talabalari har sohada uddaburon! 🤩 Bugun PDP Universityda "International Food Festival" ya’ni “Chayhana day” festivali ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi! 🚀 Universitet talabalari boshqa davlatni ifodalovchi jonli va gavjum festival muhitida sayr qilishdi. Sushi, kartoshka, osh, makaron, va antiqa mazali taomlardan tortib mazali desert, shirinliklargacha odamni o’ziga jalb qildi! Festivalda 14 ta davlat ishtirok etishdi. Ular orasida Italiya, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Meksika, Turkiya va yana ko'plab davlatlar mavjud edi. Talabalar taomlarni tatib ko’rishdi hamda davlatlarning madaniy merosi va tarixi bilan tanishdilar. 🎓 Bu festivalda sizga qaysi davlat manzur keldi? Siz ham o’zingizga qo’shimcha bilim va adrenalin oldingizmi? Festival haqida fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! @STUDENTS_PDP