Post content
🎓 PDP Universiteti talabalari uchun bugun o’zgacha tajriba va bilimlar kuni bo’ldi… 🔥 PDP Universitetida O'zbekiston IT olamidagi taniqli, Jafton.com, Missed.com va boshqa bir qator loyihalar asoschisi - Bobur Akilkhanov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi! ⚡️Bobur Akilkhanov bilan o'tgan uchrashuvimiz bizning PDP universitetimizning talabalari uchun ajoyib bir tajriba bo'ldi hamda talabalarimiz uchun ilhomlantiruvchi va motivatsiya manbai bo'ldi. O'zbekiston IT sohasidagi eng zamonaviy loyihalar haqida foydali ma'lumotlar olish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Bobur Akilkhanovning tajribalaridan foydalanish imkoniyati bizning talabalarimizning o'zlarini IT sohasida rivojlantirishlariga yordam beradi. 🚀 Umid qilamizki, talabalar ushbu uchrashuvdan keyin o’zlarini loyihalarini o'ziga xos g'oyalar va innovatsion yondashuvlar bilan kengaytirishadi! @STUDENTS_PDP