TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← STUDENTS UNION | PDP UNIVERSITY
STUDENTS UNION | PDP UNIVERSITY avatar

TGINSIGHT POST

Post #376

@STUDENTS_PDP

STUDENTS UNION | PDP UNIVERSITY

Views1,120Post view count
PostedMar 503/05/2024, 03:18 PM
Post content

Post content

Tayinlov! Assalomu alaykum, qadrli PDP University jamoasi! Sizlarga mamnuniyat bilan PDP Universitetidagi yangi tayinlovni yetkazmoqchimiz. Universitetimizda yangi Yoshlar siyosati departamenti tashkil etildi. Bu departament Talabalar bilan ishlash bo'limi va Abiturientlarni qabul qilish bo'limini o'z ichiga oladi. Yoshlar siyosati departamenti rahbarligi Abiturientlarni qabul qilish bo'limi boshlig'i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Boburjon O'ktamovich Jo'rayevga ishonib topshirildi. Boburjon O'ktamovich Jo'rayev yangi vazifani sidqidildan, yuqori darajada, sifatli bajarishiga va PDP Universiteti rivojiga katta hissa qo'shishiga ishonamiz, hamda ushbu mas'uliyatli ishda sizga tugamas kuch-g'ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz! @STUDENTS_PDP