Post content
“Build with AI” tadbirlar seriyasi PDP University’da muvaffaqiyatli bo’lib o’tdi! 🎉 ✅ “Build with AI” tadbirida Google’ning eng zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari namoyish etildi. Ishtirokchilar ML, Android, Web va Gemini bo’yicha seminarlarda qatnashdilar va ularni qo’llab-quvvatlovchi yangi texnologiyalar bilan tanishdilar. 🥳 Ushbu tadbirga chet eldan kelgan mutaxassislar ham tashrif buyurib, ishtirokchilarga o’z sohalarida chuqur bilimlarini o’rtoqlashdilar. Tadbir davomida qatnashchilar nafaqat yangi bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo’ldilar, balki sohadagi eng yangi trendlar va texnologiyalar haqida ham ko’proq ma’lumotga ega bo’lishdi. 🙌 Biz barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi tadbirlarimizda sizni kutamiz! @pdpuniversity