TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← STUDENTS UNION | PDP UNIVERSITY
STUDENTS UNION | PDP UNIVERSITY avatar

TGINSIGHT POST

Post #462

@STUDENTS_PDP

STUDENTS UNION | PDP UNIVERSITY

Views3,540Post view count
PostedMay 1205/12/2024, 05:14 AM
Post content

Post content

Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan "IT Star" tanlovining taqdirlash marosimi: PDP Universitetining eng ilg’or talaba qizlari ishtirok etdi. Raqamli texnologiyalar vazirligida IT ta’lim uyushmasi qoshida tashkil etilgan IT Ladies hamjamiyati tomonidan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan "IT Star" tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bunda, PDP Universiteti talaba qizlari Aminjonova Ozoda "Eng yosh IT mentor" nominatsiyasi g’olibi, Mirzahmedova Muyassar "Eng yaxshi IT menejer" nominatsiyasi g’olibi hamda tanlov davomida Navro’zova Ruxshona,Qo’chqorova Dilafruz faol ishtirok etishdi va ajoyib sovg’alarga ega bo’lishdi. Tantanali marosim so‘ngida IT sohasining yetakchi ekspertlari tomonidan qizlar uchun IT-sohasidagi imkoniyatlar xilma-xilligi, o‘qish va ishni uyg‘unlashtirish, boshqaruv lavozimidagi ayollarning yo‘li hamda shaxsiy brendni rivojlantirish kabi qizqarli mavzularda ma’ruzalar qilindi. PDP Universiteti ma’muriyati ushbu eng ilg’or talaba qizlarni muborakbod etadi.