TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
Post content
Kecha PDPU Students Union jamoasining media guruhi uchun unutilmas tajriba kuni bo'ldi. Toshkent viloyatining Bo'ka tumani hokimi Nizomiddin Abbosovning takliflariga asosan Bo'kada bo'ldik. Jamoamiz tumanning 80 yillik yubileyiga, tuman tarixiga oid videorolik tayyorlab berdi. Unutilmas tajriba, o'ziga xos "challenge" bo'ldi desak adashmaymiz. Biz tayyorlagan videorolik 5000 dan ortiq tomoshabinlarga namoyish etildi. Bildirilgan ishonch va hamkorlik uchun Bo'ka tumani hokimligi va tuman hokimi Nizomiddin Abbosovga minnatdorchilik bildiramiz.