TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Bahodir Rajabov
Bahodir Rajabov avatar

TGINSIGHT POST

Post #555

@benrov

Bahodir Rajabov

Views1,570Post view count
PostedJan 2701/27/2025, 11:52 AM
Post content

Post content

Talaba sifatida chet elda pul topishning oson yo'li: Interpreter bo'ling! Chet elda o'qiyotgan talabalar uchun qo'shimcha daromad topish muammosi hamma uchun dolzarb. Ko'pchilik taksi haydovchisi yoki ofitsiant bo'lib ishlashga majbur bo'lishadi. Lekin, agar siz ingliz tilini va yana bir tilni (masalan, o'zbek tilini) yaxshi bilsangiz, ayniqsa Polshada interpreter sifatida onlayn ishlab, ancha yaxshi pul topishingiz mumkin! Bu gaplarni shunchaki aytayotganim yo'q. Biz sherigim @theroscoe1912 bilan Intercall loyihasi ustida ishlayapmiz. Bu sayt interpreterlarga suhbatlarni transkript qilishda va tarjima qilishda yordam beradigan dastur. Interpreterlarning ishini yaxshiroq o'rganish uchun sherigim interpreter bo'lib ishlab ko'rdi va qisqa vaqt ichida yaxshigina daromad topdi! Tajriba davomida nimalarni bildik? - Interpreter bo'lib ishlash haqiqatan ham yaxshi daromad keltirishi mumkin. - Ish vaqti moslashuvchan, ya'ni o'qishdan bo'sh vaqtingizda ishlashingiz mumkin. - Ko'pgina interpretation kompaniyalari AQShda joylashgan, shuning uchun shanba va yakshanba kunlari ham ishlashingiz mumkin (bu kunlari soatiga to'lov ikki barobar!). Polshada interpreterlar uchun eng kam ish haqi soatiga 40-45 zlotidan (10-11$) boshlanadi. O'rtacha 6 soat ishlasangiz, bir oyda taxminan 2000 dollar atrofida pul topishingiz mumkin! Eng asosiysi, bu ish orqali siz nafaqat pul topasiz, balki til bilish qobiliyatingizni rivojlantirasiz, tajriba orttirasiz va kelajakda professional tarjimon bo'lish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Savollaringiz bo'lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. P.S. Postni chet elda o'qiydigan do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang. @bahodirajabov