Post content
Stokgolm markazida DanAds | Summit 26 yakunlari! 🇺🇿🛬🇸🇪 Stokgolmdagi bosh qarorgohimizda o‘tgan DanAds EU Summit 26' yakunlandi! Jamoamiz ushbu global tadbirda qatnashib, AQSH va Yevropa yetakchilaridan eng so‘nggi AI-trendlarni o‘rganib qaytdi. Sammitning asosiy "takeaway"lari: 🚀 AI va sifat: Sun’iy intellekt nafaqat ishni tezlashtirmoqda, balki butun dunyoda sifatga bo‘lgan talabni ham keskin oshirmoqda. 🔑 Soddalik kuchi: Murakkab texnologiyalar davrida foydalanuvchi uchun eng sodda yechim eng katta ustunlikdir. 📊 Global muammolar: Fragmentatsiya va monetizatsiya - bu barcha bozorlar uchun umumiy chaqiriq, yechim esa faqat aqlli avtomatlashtirishda. 🎥 Jonli muloqot: To‘g‘ri insonlarning bir joyga yig‘ilishi rivojlanish vaqtini qisqartiradi va yangi eshiklar ochadi. Tajriba almashgan barcha spiker va hamkorlarimizga rahmat! Navbatdagi bekat DanAds | Summit 26 NYC! 🌍