TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal

@fargonamadaniyat

Art

Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasining rasmiy Telegram kanali | Official Telegram channel of the Fergana Region Department of Culture. 📍Farg‘ona shahar, Yuksalish ko'chasi 59-uy 📲https://taplink.cc/fargonamadaniyatboshqarmasi

Subscribers1,850Current channel subscribers
Tracked posts1,017Indexed post count
Recent reach3,089Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 85 · 1,017 posts

Posted Apr 24

#Mulohaza ⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov ochiq muloqot davomida ta'lim haqida fikr bildirdi... Telegram | Instagram | Facebook| Veb-sayt | YouTube

147 views

Hashtags

Posted Apr 24

📌 Bugun viloyat miqyosida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2026-yil 14-apreldagi 188-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Innovatsion madaniyat markazida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ichki audit yo‘nalishida profilaktik tadbir tashkil etildi. Mazkur yig‘ilishda Madaniyat vazirligi Ichki audit bo‘limi boshlig‘i S. Nosirov hamda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bosh mutaxassisi D. Xasanov ishtirok etdilar. Tadbir davomida: — tizim tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish, — moliyaviy intizomni mustahkamlash, — ichki audit samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda boshqarma tizimidagi barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda bosh hisobchilari qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. 🔍 Ushbu tadbir sohada shaffoflikni ta’minlash va samarali boshqaruvni kuchaytirishga xizmat qiladi Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

256 views

Posted Apr 24

#Ijtimoiy_rolik 🔴Nafratning achchiq ta'mi, qalbida nuri yo'q inson quyoshdan ham ayb qidiradi... Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

217 views

Posted Apr 24

#Mulohaza ⚡️ Ozodbek Nazarbekov— Davlatimiz rahbari sa’y-harakatlari bilan O'zbekiston davlatini va xalqini xalqaro maydonda qaddini tiklab qo'ydi... Shuningdek, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ochiq muloqot davomida mustaqilligimizning 35 yilligi tantanalari arafasida mazmunli va salmoqli qo‘shiqlar yaratish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

233 views

Hashtags

Posted Apr 24

#mahorat_darsi 👨‍🎓 Fargʻonada mahorat darsi — milliy san’atga yana bir qadam Fargʻona ixtisoslashtirilgan san’at maktabining “An’anaviy ijrochilik” boʻlimida yuqori saviyada mahorat darsi tashkil etildi. Unda Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti “Maqom xonandaligi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Jaloliddin Matyakubov hamda shu kafedra oʻqituvchisi, san’atshunoslik fanlari boʻyicha PhD, dotsent Shavkat Matyakubov ishtirok etdilar. ➡️ Dars davomida oʻquvchilar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamladi, balki amaliy koʻnikmalarini ham yanada rivojlantirish imkoniga ega boʻldi. Har bir chiqish va ustozlar tomonidan berilgan tavsiyalar yosh ijodkorlarga ilhom va yangi kuch bagʻishladi. ✨ Natijalar: ☑️ Yoshlar qalbida milliy musiqaga boʻlgan mehr yanada mustahkamlandi ☑️ Ijodiy fikrlash va sahnadagi ishonch sezilarli darajada oshdi ☑️ Ustoz-shogird an’anasi yana bir bor oʻzining yorqin ifodasini topdi Ushbu mahorat darsi yoshlar uchun nafaqat bilim, balki kuchli motivatsiya manbai boʻlib xizmat qildi. Bu kabi uchrashuvlar milliy merosimizni chuqur oʻrganish va uni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

270 views

Posted Apr 24

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️"Madaniyat va san'at sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Qarori qabul qilindi. Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

253 views

Posted Apr 24

📣 Diqqat, diqqat! ⚡️ Hurmatli davlat xizmatchisi, Siz uchun bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" taqdim qilindi. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. ✨ Yangi ish kuningiz samarali o‘tsin! Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

246 views

Posted Apr 23

#Onlayn_ochiq_muloqot #4_kun ⚡️Madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha ochiq muloqotlar davom etmoqda Zamonaviy davrda globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan bir paytda, madaniyatni asrash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xuddi shu maqsadda, joriy yilning 20-25-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan, madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha soha vakillari, faol ijodkorlar, tadbirkorlar va izlanuvchan yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda. Bugun, 23-aprel kuni poytaxtdagi 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida xalq ijodiyoti va nomoddiy madaniy meros, askiya, qiziqchilik va stendap hamda madaniyat va san’at ta’limi yo‘nalishida, shuningdek, Madaniyat vazirligida blogerlar, inflyunserlar, vaynerlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqotlar davomida Prezident Administratsiyasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori Qobuljon Ahmedov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda soha vakillari, blogerlar, inflyunserlar va vaynerlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida xalq ijodiyoti, nomoddiy madaniy meros, askiya, qiziqchilik, stendap hamda madaniyat va san’at ta’limi, blogerlar, inflyunserlar, vaynerlar yo‘nalishida bir qator amaliy takliflar bildirildi. Shu bilan birga, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lmaganlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalarida ZOOM platformasi orqali ochiq muloqotlarda onlayn ishtirok etish imkoni yaratildi. Shuningdek, fuqarolarga yanada yengillik yaratish maqsadida, @mv_ochiqmuloqot_bot tashkil etilib, fuqarolar uyidan chiqmagan holda o‘z taklif va tashabbuslarini ma’lum qilishmoqda. Ertaga, 24-aprel kuni soat 11:00da Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida moddiy madaniy meros, arxeologiya va muzeylar yo‘nalishida hamda soat 16:00da Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik yo‘nalishida ochiq muloqot bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook| Veb-sayt|YouTube

277 views

Posted Apr 23

#Qonunchilikdagi_yangiliklar 🎓 Madaniyat ta’limi muassasalari rivojlantiriladi ➡️Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan Respublika musiqa va san’at texnikumi hamda Respublika estrada va sirk texnikumida: ✔️2 yillik boshlang‘ich kasbiy ta’lim, 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘rta kasbiy ta’lim hamda kamida 2 yillik o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy etiladi; ✔️ bakalavriat ta’lim dasturlari bilan integratsiyalashtirilgan “2+2” dasturlari asosida o‘qitishga ruxsat beriladi. ➡️ Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablarida: ✔️ o‘quvchilar musiqa yo‘nalishida 5-sinfdan hamda raqs, teatr, xalq ijodiyoti, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarida 9-sinfdan boshlab qabul qilinadi; ✔️ maktab-internatlar uchun belgilangan amaldagi normalar tatbiq etiladi, jumladan, maktab o‘quvchilarining ta’lim olish va yashash xarajatlari to‘liq Davlat budjeti hisobidan, ularni ovqatlantirish xarajatlari Davlat budjeti hamda ota-onalar to‘lovi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi; ✔️ Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning bitiruvchilariga bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi. 📝2026-yil 1-iyuldan tajriba tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan “Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasi (investitsiya loyihasi) amalga oshiriladi. Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

348 views

Posted Apr 23

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⭐️ Madaniyat va san’at sohasida boshqaruv takomillashtiriladi “Madaniyat va san’at sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–150-son, 21.04.2026-y.) qabul qilindi. ➡️ Qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlari quyidagi shakllarda transformatsiya qilinadi: ✔️ Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlari faoliyati nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilish, havaskorlik san’atini rivojlantirish, shuningdek, texnologiya, muhandislik, hunarmandchilik va boshqa yangi yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiladi; ✔️ tuman (shahar) hokimliklari tizimiga o‘tkaziladi; ✔️ xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyati yo‘lga qo‘yiladi; ✔️ resurslardan oqilona foydalanish uchun samarasiz madaniyat markazlari faoliyati maqbullashtiriladi. ➡️ 2026-yil 1-iyuldan “Tumor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasi tashkil etiladi. 🌟 Madaniyat bo‘limlari Madaniyat vazirligi tomonidan yuritiladigan reyting natijalari asosida rag‘batlantiriladi. Bunda: ✔️ reyting 2027-yildan boshlab har yilning yakuni bo‘yicha yuritiladi hamda unda madaniy tadbirlarga aholi qamrovi va milliy qadriyatlarni asrash bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarga ustuvorlik beriladi; ✔️ reytingda eng yuqori o‘rinni egallagan madaniyat bo‘limlari Davlat budjeti hisobidan rag‘batlantirib boriladi. Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

279 views

Posted Apr 23

#Live #4_kun 🎥Blogerlar, inflyunserlar va vaynerlar bilan ochiq muloqot boshlandi Ochiq muloqotning to'rtinchi kunida xalq ijodiyoti va nomoddiy madaniy meros, askiya, qiziqchilik va stendap hamda madaniyat va san’at ta’limi hamda blogerlar, inflyunserlar, vaynerlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Ochiq muloqotlar 25-aprelga qadar davom etadi. 🔹Telegram🔹Instagram

242 views

Hashtags

Posted Apr 23

#Live #4_kun #Ochiq_muloqot 🎥 Ochiq muloqot davomida “Madaniyat vazirining stipendiyasi”ni joriy etish, 15 yildan buyon ta’lim jarayoni bilan shug’ullanayotgan pedagoglarga uy-joy olishda ipoteka kreditlarini olishda imtiyozlar berish, sohada faoliyat yuritayotgan pedagoglarning farzandlariga shartnoma to’lovlarida imtiyozlar berish hamda shu kabi ko’plab takliflar berilmoqda. Takliflar Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori Eldor Shermanov tomonidan bildirilmoqda. Ochiq muloqotning to'rtinchi kunida xalq ijodiyoti va nomoddiy madaniy meros, askiya, qiziqchilik va stendap hamda madaniyat va san’at ta’limi yo‘nalishidagi takliflar tinglanmoqda. Ochiq muloqotlar 25-aprelga qadar davom etadi. 🔹Telegram🔹Instagram

321 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
PreviousPage 1 of 85Next