TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Foreign Investors Council under the President of the Republic of Uzbekistan
Foreign Investors Council under the President of the Republic of Uzbekistan avatar

TGINSIGHT POST

Post #549

@fic_uz

Foreign Investors Council under the President of the Republic of Uzbekistan

Views63Post view count
PostedMay 2205/22/2026, 02:53 PM
Post content

Post content

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Xorijiy Investorlar Kengashi haftalik yakunlari Joriy hafta davomida Kotibiyat investorlar tashabbuslarini ilgari surish hamda asosiy manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha faol ishlarni davom ettirdi. 1️⃣Hafta davomidagi asosiy voqealardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining 6-chi oraliq majlisi bo‘lib o’tdi Majlis O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, janob Jamshid Xodjayev ishtirokida o‘tkazilib, IV yalpi majlis arafasida asosiy tashabbuslarni ko‘rib chiqish uchun Kengash a’zolari va hukumat vakillarini bir joyga jamladi. 2️⃣ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasining ochilish marosimida ishtirok etildi Tadbirda davlat organlari, biznes va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, ko‘p tomonlama rivojlanish banklarining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni muhokama qilindi. 3️⃣FAO tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlari siyosati va Yer kodeksini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha yakuniy loyiha seminarida ishtirok etildi Seminar Yer kodeksini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi yerlaridan barqaror foydalanish hamda yer boshqaruvini yaxshilash masalalariga bag‘ishlandi. 4️⃣ Toshkent xalqaro moliya markazi bo‘yicha XIK sessiyasi – Ishtirokchilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiya banki, J.P. Morgan, Mastercard, TotalEnergies, ACWA, Masdar, Samsung Electronics, EY, KPMG, Air Products, SUEZ, Mitsui & Co., LTD, Sojitz Corporation, EPAM Systems, Knauf, BAT Uzbekistan, Çalık Enerji, OTP Bank, Halyk Bank, , Uzum, Commonwealth Partnership, Crowe, Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP, Henley & Partners, Synergy Consulting, Azizov & Partners, Lexminister, Enlawyer, Bomi Engineering and Construction LLC, Solward, British Council, Arbitrage, ADUI. 5️⃣ Franklin Templeton tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi AJ (“UzNIF”)ning bozorga chiqishi munosabati bilan o‘tkazilgan qabul tadbirida ishtirok etildi – Tadbir xalqaro investorlar, davlat organlari vakillari va biznes yetakchilarini O‘zbekistonning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi investitsiya imkoniyatlari, iqtisodiy islohotlar va asosiy tarmoqlarni muhokama qilish uchun bir joyga jamladi. 6️⃣ Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi – Ishtirokchilar: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi. Shuningdek, ushbu haftada Itochu Corporation, Hong Kong Trade Development Council, Yandex Uzbekistan vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Xorijiy Investorlar Kengashi ochiq muloqotga sodiq qolgan holda, O‘zbekistonda investitsiya uchun barqaror va shaffof muhitni shakllantirishga qaratilgan samarali islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Mamlakatimizdagi investitsion muhitni yaxshilashga qo‘shgan hissasi va faol ishtiroki uchun barcha hamkorlarga minnatdorchilik bildiramiz. #FICUzbekistan#Investorlar#BiznesMuloqot#Islohotlar#InvestitsionMuhit#O‘zbekiston