Recent posts
Page 1 of 84 · 1,004 posts
Posted 9 days ago
❗️Абдуқодир Ҳусанов, унинг фарзанди ва Пеп Гвардиола Ўзбекистонлик футболчи "Манчестер Сити" клуби мураббийига ўз фарзандини кўрсатди. Сурат Пеп Гвардиоланинг клубдаги фаолияти якунлангани муносабати билан ўтказилган тадбирда олинган. Шунингдек, тадбирда Ҳусановнинг отаси Ҳикмат Ҳошимов ҳам иштирок этган.
Posted 9 days ago
Ҳафталик об-ҳаво прогнози эълон қилинди Бугун кундузи Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво кузатилади. Фақат Тошкент вилоятининг айрим жойларида ва Фарғона водийси вилоятларида қисқа муддатли ёмғир ёғиши, момақалдироқ бўлиши мумкин. 26-27 майда республика бўйича баъзи жойларда қисқа муддатли ёмғир ёғади, момақалдироқ кузатилади. 28 майда республиканинг текислик ҳудудларида ёғингарчилик кутилмайди. Тошкентда: бугун кундузи ёғингарчилик кутилмайди. Ҳарорат 26-28 даража бўлади.26 майда кечга томон ва 27 майда кун давомида қисқа муддатли ёмғир ёғиши, момақалдироқ бўлиши мумкин. Батафсил маълумот
Posted 9 days ago
QO‘SHA QARISH SAODATI ⚡️ Forish tumanida 50 va undan ortiq yildan buyon birgalikda tinch-totuv hayot kechirayotgan namunali va ibratli oilalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ana shunday oilalardan biri tumanning "Sayyod" mahallasi "Kattabog‘don" qishlog‘ida istiqomat qilayotgan, uzoq yillar davomida maktabda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya bergan o‘qituvchi Mirkomilov Oltunbek ota oilasidir. ⚡️ Oltunbek otaning turmush o‘rtog‘i Buvoysha ona ham ko‘p yillar maktabda o‘qituvchilik qilgan. Bugungi kunda ular ta’lim bergan o‘quvchilari turli sohalarda mehnat qilmoqdalar. ⚡️ Oltunbek ota va Buvoysha ona 6 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ular hozirgi kunda farzandlari, nevara-chevaralari ardog‘ida baxtli hayot kechirmoqdalar. Ushbu piru-badavlat oilaning bu yil turmush qurganlariga 53 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan "Nuroniy" jamg‘armasi Forish tuman bo‘limi tomonidan Oltunbek otaning va Buvoysha onaning "Qo‘sha qarish saodati" tadbiri o‘tkazildi. ⚡️ Tadbirda mahalla faollari, oilaning qishloqdoshlari, farzandlari va nevaralari ishtirok etdilar. ⚡️ "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Sharof Ungalov, mahalla "Keksalar maslahati guruhi" rahbari Urishboy Nurqulov va boshqalar oilani tabriklab, ezgu tilaklarini bildirishdi. ⚡️ Tadbir yakunida piru-badavlat oilaga "Nuroniy" jamg‘armasining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. «Forish tongi» gazetasi tahririyati.
Posted 9 days ago
Posted 9 days ago
Кенг қамровли тарғибот ишларига қарамасдан, бугун — “Сўнгги қўнғироқ” куни соат 14:00 гача республика бўйлаб ўқувчиларнинг транспорт воситасини бошқаришлари билан боғлиқ 238 та ҳолат аниқланди Фожеаларнинг олдини олиш учун барча ота-оналар ва масъуллардан янада масъулиятлироқ бўлишларини сўраймиз.
Posted 10 days ago
#диққат ⚡️ Бугундан Президент мактабларига қабул бошланди Бугундан 2026/2027 ўқув йили учун Президент мактабларига ҳужжатлар қабули бошланди. Қабул 14 июнга қадар my.gov.uz ҳамда ariza.piima.uz сайтлари орқали амалга оширилади. Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўямиз Бизнинг расмий сахифаларимизга аъзо бўлинг.
Hashtags
Posted 10 days ago
Bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri Jizzax viloyatida o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etgan tantanali tadbirda viloyatdagi qariyb 20 mingga yaqin maktab bitiruvchilari orasidan eng yuqori ball to‘plab, muddatidan oldin talaba bo‘lgan 304 nafar o‘quvchi hamda uyda ta’lim olib, maktabni tamomlayotgan 60 nafar bitiruvchi va ularning ota-onalari qatnashdi. Tadbir davomida viloyat hokimi Prezidentimizning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi hamda bitiruvchilarga esdalik sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi. Shuningdek, viloyat hokimi farzandlar tarbiyasi va ta’limiga qo‘shayotgan hissasi uchun bitiruvchilarning ota-onalariga minnatdorlikchilik bildirib, ularni tashakkurnomalar bilan taqdirladi. Bayram tadbiri konsert dasturi bilan davom etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. ✅Kuyovboshiliklar kanali eng tezkor kanal📺 ✅Telegram | ✅Instagram |✅YouTube | ✅Facebook | 🖌Twitter #SharofRashidov#Kuyovboshiliklar 📺https://t.me/Kuyovboshliklar
Hashtags
Posted 10 days ago
⚡️Расман эълон қилинди 🇺🇿 Ўзбекистон миллий терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун якуний қайдномаси
Posted 10 days ago
“SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” BAYRAM TADBIRI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI ✅ Bugun Forish tumanidagi barcha maktablarda bolalik xotiralari, yoshlik orzulari va ustozlar fidoyiligini o‘zida mujassam etgan unutilmas lahzalar — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi. ✅ Forish tumani Amir Temur nomli mahallada joylashgan 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2025/2026-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri yuqori saviyada, ko‘tarinki ruh va tantanali muhitda tashkil etildi. ✅ Tadbirda Forish tumani hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ra’no Daulanova ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan yo‘llangan samimiy tabrik o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida o‘quvchilarning o‘quv yili mobaynida erishgan yutuqlari, fan olimpiadalari, sport musobaqalari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki alohida e’tirof etildi. Eng namunali, faol va iqtidorli o‘quvchilarga maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi. ✅ Bayram tadbiri davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, musiqiy dasturlar, milliy raqslar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tadbirga o‘zgacha shukuh va fayz bag‘ishlandi. ✅ Tadbir yakunida esa eng hayajonli lahza — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarangi yangrab, bitiruvchilar uchun yangi hayot sari muhim qadam boshlandi. “Forish tongi” gazetasi tahririyati.
Posted 10 days ago
Posted 10 days ago
🔥Фарғона ва Наманган вилоятларида наркотик моддаларнинг ноқонуний айланмасига чек қўйилди 1️⃣ Давлат хавфсизлик хизматининг Фарғона вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан божхона ва ички ишлар органлари билан ҳамкорликда Фарғона тумани Лоғон МФЙдаги хонадонлардан бири тегишли тартибда кўздан кечирилди. Натижада, ушбу манзилда 2000 й.т. фуқарога тегишли 993 гр “гашиш” ва 212 гр “Альфа-ПВП” наркотик моддалари, шунингдек, 2728 дона “Регапен” ва 458 дона “Тропикамид” кучли таъсир қилувчи дори воситалари борлиги аниқланиб, ашёвий далил сифатида расмийлаштириб олинди. 2️⃣ Давлат хавфсизлик хизматининг Наманган вилояти бўйича бошқармаси, ички ишлар ва божхона органлари ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда эса “Тошкент-Наманган” йўналишида ҳаракатланаётган “Спарк” русумли автотранспорт воситаси Чуст тумани ҳудудида тўхтатилиб текширилди. Натижада, унда кетаётган Наманган шаҳрида яшовчи, 1992 й.т. шахс ва Давлатобод туманида истиқомат қилувчи, 1997 й.т. фуқародан 1 кг 127 гр “опий” моддаси олинди. ⚖️ Ҳар икки ҳолат юзасидан ушбу шахсларга нисбатан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда. 📞 Ҳурматли фуқаролар, кундалик ҳаётда гиёҳвандлик воситалари савдоси билан боғлиқ ҳолатларга дуч келсангиз ДХХнинг 1520 қисқа рақамига қўнғироқ қилиб, хабар беринг. Шахсингизнинг сир сақланиши кафолатланади. 🛡Каналга аъзо бўлинг 🔗t.me/xavfsizlik_uz
Posted 10 days ago
YUKSAK MAʼRIFATLI AVLOD — UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI! 🌟 Bugun Forish tumanidagi maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangrab, minglab qalblarda hayajon, quvonch va unutilmas xotiralarni uyg‘otdi. 🌟 Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev viloyatdagi barcha bitiruvchilarga onlayn tarzda Prezidentimizning samimiy tabrigini o‘qib eshittirdi. 🌟 Forish tumani “Oqtepa” mahallasida joylashgan 6-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda tuman hokimi Sohib Islamov bitiruvchilarni tabriklab, ularning yurtimiz ravnaqi uchun fidoyi, bilimli va ma’rifatli yoshlar bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirdi. 🌟 Tadbir davomida faol o‘qituvchi va o‘quvchilar munosib taqdirlandi. Maktab kutubxonasiga badiiy kitoblar ham sovg‘a qilindi. “Forish tongi” gazetasi tahririyati.