Post content
🟦🟦🟦🟦🟦 🎮“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Talabalar Kibersport o‘yinlari –2025”Respublika chempionati o‘tkaziladi! 🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Talabalar Kibersport o‘yinlari –2025” Respublika chempionatini e’lon qiladi 🔫 Chempionat “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari hamda “Just Dance” fijital raqs bo‘yicha 3 bosqichda tashkil etiladi. ✅1-bosqich:OTM bosqichi. 9-iyundan 14-iyunga qadar Respublikamizdagi barcha oliygohlarda tashkil etiladi. ✅2-hududiy bosqich: OTM bosqichi g‘oliblari o‘rtasida 16-iyundan 21-iyungacha o‘tkaziladi. Ushbu bosqich g‘oliblari yakuniy final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. ✅3-Respublika bosqichi: 23-25-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida tashkil etiladi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Texnik reglamentlarni yuklab olish: ➡️Dota2 |➡️CS2 |➡️FC25|➡️Just Dance Chempionat rasmiy sahifalari: 📱Instagram| 📺YouTube|🕊Telegram 🏆 Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan I, II va III darajali medallar, tanlov chempioniga maxsus kubok va quyidagi tartibda pul mukofotlari topshiriladi: ➡️“Dota2”, “CS2” jamoaviy o‘yinlari — 1-o‘ringa 60 million so‘m, 2-o‘ringa 36 million so‘m va 3-o‘ringa 24 million so‘m. ➡️“FC25” yakkalik o‘yini — 1-o‘ringa 10 million so‘m, 2-o‘ringa 6 million so‘m va 3-o‘ringa 4 million so‘m. ➡️“Just Dance” qizlar juftligi — 1-o‘ringa 20 million so‘m, 2-o‘ringa 12 million so‘m va 3-o‘ringa 8 million so‘m. ⚡️Kibersportga qiziquvchi barcha talabalarni “Talabalar Kibersport o‘yinlari –2025” Respublika chempionatida ishtirok etishga taklif qilamiz! Ishtirok etish uchun o‘zingiz tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha mas’ullariga murojaat qilishingiz mumkin.