TGINSIGHT CHAT
TIL - MILLAT KO'ZGUSI
@iftixorim_tilim
News and mediaSamarqand viloyat hokimligi Murojaat uchun telefon: +99899 590-21-01 TELEGRAM BOT: @iftixorim_tilim
Recent posts
Page 1 of 85 · 1,015 posts
Posted 15 days ago
Samarqandda transportdagi reklama vositalari bo‘yicha reyd o‘tkazildi Samarqand viloyat hokimligi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, viloyat raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi hamkorligida Universitet xiyoboni bo‘ylab transport vositalaridagi reklama vositalarining qonuniyligi tekshirildi. Reyd davomida “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunlar, shuningdek, reklama joylashtirish tartibini belgilovchi normativ hujjatlar asosida noqonuniy va yo‘l harakatiga xavf tug‘diruvchi reklama vositalari aniqlanib, bartaraf etildi. Haydovchilarga tushuntirishlar berilib, transport vositalariga reklama joylashtirish faqat my.gov.uz orqali ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi eslatildi. https://t.me/samyhxb
Posted 15 days ago
Samarqandda transportdagi reklama vositalari bo‘yicha reyd o‘tkazildi Samarqand viloyat hokimligi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, viloyat raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi hamkorligida Universitet xiyoboni bo‘ylab transport vositalaridagi reklama vositalarining qonuniyligi tekshirildi. Reyd davomida “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunlar, shuningdek, reklama joylashtirish tartibini belgilovchi normativ hujjatlar asosida noqonuniy va yo‘l harakatiga xavf tug‘diruvchi reklama vositalari aniqlanib, bartaraf etildi. Haydovchilarga tushuntirishlar berilib, transport vositalariga reklama joylashtirish faqat my.gov.uz orqali ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi eslatildi. https://t.me/samyhxb
Posted 21 days ago
Sohaviy hujjatlarning davlat tili talablariga muvofiqligi o‘rganildi 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan davlat tilida ish yuritish talablarining ijrosi tumanimizdagi bir qator tashkilotlarda atroflicha o‘rganildi. 🔎Xususan, tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan quyidagi tashkilotlarda hujjatlar almashinuvi, tashqi yozuvlar va ish yuritish jarayonlari ko‘zdan kechirildi: 📌Tuman Statistika bo‘limi; 📌Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali; 📌Kadastr agentligi tuman bo‘limi; 📌Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi; 📌Tuman "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi. O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: ✅Ichki buyruq va ish rejalarining davlat tili qoidalariga muvofiqligi; ✅ Tashkilotlarning peshlavhalari, reklama va e’lonlarining imlo qoidalariga mosligi; ✅ Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilish holati. ✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Zero, har bir idora va muassasada davlat tiliga bo‘lgan e’tibor — qonun ustuvorligi va milliy qadriyatlarga bo‘lgan yuksak hurmat belgisidir. 👨💼Ozoda Norimova, Tuman hokimining ma'naviyat va davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi
Posted 21 days ago
Samarqand va Ordu universitetlari oʻrtasida madaniy hamkorlik Turkiya Respublikasining Ordu universiteti rektori, professor Orhan Baş boshchiligidagi delegatsiyani Samarqand viloyat va shahar hokimligi masʼullari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomonlama madaniy va taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, oʻzaro tajriba almashish hamda xalqaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Taʼkidlanganidek, Samarqand davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan Ordu universitetida “Oʻzbek madaniyati va milliy liboslari” mavzusida konferensiya tashkil etilgan. Shuningdek, universitetda “Oʻzbek tili va madaniyati” markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur markaz hozirda oʻzbek tilini oʻrganish, milliy adabiyot va madaniyatni targʻib etish, talabalar hamda tadqiqotchilar uchun ilmiy-maʼrifiy platforma sifatida xizmat qilmoqda. 📱Web-sayt|📱Telegram|📱YouTube 📱Instagram|📱Facebook|📱Facebook
Posted May 1
Ayni damda Toyloq tumani Axborot-kutubxona markazida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Tuman hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 8-sinf o'quvchilari o'rtasida “ENG YAXSHI DIKTANT YOZUVCHI O'QUVCHI” tanlovi bo'lib o'tmoqda. ✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 🌐Website |📲Telegram | 💻Facebook |🖥Instagram |📹Youtube
Posted Apr 29
Savodxonlik bellashuvida munosiblar taqdirlandi Samarqand shahar tashkilotlari xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi tegishli qarori ijrosi doirasida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirish, xodimlar o‘rtasida savodxonlik darajasini yanada mustahkamlashdan iborat. Tanlov yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Samarqand shahar Markaziy shifoxonasi xodimi Achilova Zuhra Rahmankulovna; 🥈 2-o‘rin — Samarqand shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Botirova Muborak Islomovna; 🥉 3-o‘rin — Samarqand shahar Mudofaa ishlari bo‘limi xodimi Musurmonov Toyirjon Turoqul o‘g‘li; G‘oliblar shahar hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🌍Web-sayt|📱Telegram|📱YouTube 📱Instagram|📱Facebook|📱Facebook
Posted Apr 28
TASHQI REKLAMA VA AXBOROT MAYDONI TARTIBGA KELTIRILMOQDA ⏳Narpay tumanida hududiy qiyofani yanada obod qilish, axborot makonini tartibga solish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, tuman ishchi guruhi tomonidan tashqi yozuvlar, lavhalar, e’lonlar, reklama bannerlari hamda axborot bilbordlarini qonuniy tartibga keltirish bo‘yicha tizimli nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. ✔️O‘rganishlar davomida qonun talablariga zid ravishda, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari aniqlanib, joyida bartaraf etilmoqda. Mazkur ishlar hududning estetik ko‘rinishini yaxshilash bilan birga, aholiga yetkazilayotgan axborotlarning aniqligi va qonuniyligini ta’minlashdir. Hurmatli tadbirkorlar! ⏳Faoliyatingizni yuritishda mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib qilish jarayonida “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga qat’iy rioya etishingiz muhimdir. Tashqi reklama vositalarini o‘rnatishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish har bir tadbirkorning qonuniy majburiyatidir. ⏳Eslatib o‘tamiz, noqonuniy reklama o‘rnatish qonunbuzarlik hisoblanadi va buning uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima qo‘llanilishi mumkin. Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling! ✅|Telegram| ✅|Facebook| 🌐|Instagram| ✅|Telegram| 🌐|Veb sayt|
Posted Apr 28
Nurobodda tashqi reklama vositalari tartibga solinmoqda: qonunchilik ustuvorligi ta’minlanmoqda Bugun Nurobod tumanida tashqi reklama vositalarining qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur jarayonda tuman hokimligi mas’ullari, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, hududdagi reklama obyektlarining amaldagi me’yorlarga mosligi atroflicha tahlil qilindi. O‘rganishlar davomida, avvalo, reklama vositalarining joylashtirilishi “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qay darajada javob berayotgani sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Xususan, qonunning 5-moddasiga muvofiq, har bir reklama obyektida uning qonuniy o‘rnatilganligini tasdiqlovchi hujjat — reklama joyining pasporti mavjudligi muhim mezon sifatida baholandi. Bu esa hududda tartibsiz va noqonuniy reklama vositalarining oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, 6-modda talablari asosida reklama materiallarining davlat tilida yozilishi va tarqatilishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali nafaqat qonunchilikka rioya etilishi, balki milliy qadriyatlar va davlat tilining nufuzini oshirish ham ko‘zda tutilgan. O‘rganish yakunlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli subyektlarga tushuntirish ishlari olib borildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan, qonun talablarini buzganlik uchun belgilangan tartibda jarimalar qo‘llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar berildi. Mazkur o‘rganishlar hududda tashqi reklama sohasini tartibga solish, shaharsozlik me’yorlariga rioya etish hamda estetik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu kabi tizimli nazorat tadbirlari orqali qonun ustuvorligi ta’minlanib, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflik kuchayadi. 🧡@nur_press
Posted Apr 25
SAMARQAND YANGILIKLARI | OʻQUV SEMINARI OʻTKAZILDI 25.04.2026-YIL Rasmiy sahifalar: ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Posted Apr 25
KUN XABARLARI | "UMUMMILLIY DIKTANT" SAVODXONLARI ANIQLANDI 25.04.2026-YIL Rasmiy sahifalar: ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Posted Apr 24
📌🔴Ayni damda muhim seminar jarayoni! 🏛 Ayni vaqtda Qo’shrabot tuman hokimligida Samarqand viloyatida tuman va shahar hokimlarining ma’naviyat hamda davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda. 📚 Mazkur tadbirda: — Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etish — Davlat tilining nufuzini oshirish — Hududlarda olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. 🤝 Seminar davomida tajriba almashish, yangi yondashuvlarni ishlab chiqish va amaliy takliflar ilgari surish asosiy maqsad qilib olingan. 🌐Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati Ulaning va ulashing: 👇👇👇 👉https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Posted Apr 22
✏️Tadbirkor qonunga bo‘ysunmaydi(mi) 🟢 Joriy yilning 20-21-aprel kunlari Samarqand shahrining Spitamen shoh ko‘chasida shahar hokimligining Ishchi guruhi tomonidan Tashqi reklamalarning qonuniyligi bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazildi. 🔵 O‘rganish natijalarida qonun talablarini buzgan tadbirkorlik subyektlariga kerakli tushunchalar berilib, noqonuniy o‘rnatilgan 150 dan ortiq reklama vositalari joyida bartaraf etildi. Bu kabi tadbirlar muntazam olib borilmoqda. 🔈 Hurmatli tadbirkorlar! Mahsulotingizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi Qonun talablariga qat’iy rioya etishlaringiz so‘raladi. Norbek Alqarov Samarqand shahar hokimining maslahatchisi Kanalga ulanish 👇👇👇 @iftixorim_tilim