Post content
So'ngi yangiliklardan: Barcha kutgan Nazar Eshonqulning "Giryon"i sotuvga chiqdi book.uz tomonidan. To'g'risi,menga ham juda qiziq tuyuldi ushbu kitob) Akademnashr Abdurahmon Ibrohimning 3 kitobdan iborat "Saylanma"sini nashr qildi va sotuvi boshlandi. Bundan tashqari Akadem•nasr turkumida Uilyam Goldingning "Pashshalar hukmdori" va "Vorislar" kitoblari nashr etildi va bularning ham sotuvi boshlandi. Bu tomonda esa Zabarjad Media George Martinning "A song of Ice and Fire" turkumiga kiruvchi ikkinchi kitob "Qirollar to'qnashuvi" (dastlabkisi "Taxtlar o'yini" edi) kitobini mualliflik huquqini olganini va tez orada nashr etilishi haqida xabar berdi. Umuman olganda o'zbek kitobxonlari uchun kundan-kunga Dunyo tan olgan ajoyib kitoblar nashr etilmoqda. Kitobxonlar shunchaki o'qisalar bas)