TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Mountstorm notes
Mountstorm notes avatar

TGINSIGHT POST

Post #323

@mountstorm

Mountstorm notes

Views102Post view count
PostedAug 2408/24/2022, 05:15 PM
Post content

Post content

Motivation letter lar haqida Qachonki motivation letter yozishimga to'g'ri kelsa, har doim qiynalaman. Chunki bitta motivation letter yozib qo'yib boshqalarigayam ishlatib yuborish qobiliyatim yo'q. Va unaqa qilgim ham kelmaydi. Sababini pastroqda aytaman. Universitetlarga yozish kerak bo'lgan motivation letterlarni yozishda judayam muhim e'tibor qaratib yozishingiz kerak bo'lgan narsa bu: -nimaga aynan shu universitet va yo'nalishingizni tanladingiz ? -nimaga aynan shu davlat ? -va nimaga aynan sizni tanlash kerak? Xullas, yozgan essay ingiz manashu savollarga javob berishi kerak va qo'shimcha sifatida o'zizni tasvirlaysiz. Masalan: liderlik, komandada ishlash, problem solving qobiliyatlarizni yozasiz. Universitetlarga tanlanish imkoniyatingizni ko'paytirish uchun motivation letterda aniq, specific qilib tushuntirish kerak nega aynan shu soha sizga kerak va tanlayapsiz va nega boshqa universitetlarga emas aynan shu universitetni shu yo'nalishiga topshirdingiz. Xullas deep research qilish kerak. Bu uchun tanlagan universitetingizni saytiga kirib qaraysiz, unda nima bor boshqa univerlarda yo'q? Yoki qaysi kuchli professor bor sizni yo'nalishizda va aynan shu professordan siz dars olishni xohlaysiz. Yoki Univerning library sida boshqa joyda yo'q yo'nalishizga mos kitob bormi? Xullas very very deep research qilishingizga to'g'ri keladi🥲. Universitetni shunaqa qilib zo'r yozganizdan keyin nega xohlashizni, nega aynan shu davlat 2 o'rinda bo'lib qoladi. Davlat haqida siz yozishingiz mumkin bo'lgan narsalar... masalan: u yoqdagi ta'lim tizimi, yoki o'sha davlatni tarixiga qanchalik qiziqqaniz va xozir ham qiziqishingiz borligi, va boshqalar. Bundayam aniq va specific bo'ling. Lekin shahardagi birorta siz sevgan qo'shiqchi yoki repperni ko'rish uchun ham tanladim demang😂. Nega aynan siz? Bu savolga shuuuncha uzoq, deep research dan keyin javob berib bo'lgan bo'lasiz, deyarli. Chunki sizda judayam katta interest bor o'sha universitetga, professorlarga va o'qishga. Curious odamligizni researchni o'zi ko'rsatadi. Odatda, motivation letterlar minimum 500 maximum 1000 so'zlar atrofida yoziladi. Va har doim men uchun bu kamlik qilgan to'liq o'zimni tasvirlab, xohishlarimni yetkazib berish uchun. Shu uchun boshida to'liq nimani xohlasam o'shani yozaman. 2-3 bet bo'lib ketadi. Keyin uydagilarga o'qib beraman. Nima keraksizroq joyi bo'lsa aytishadi. Olib tashlayman. Qayta o'qib chiqib to'g'rilayman. Bir kundan keyin yana o'qiyman. Xatolarim bilinadi, qisqartiraman qiziqmas joylarini. Xullas 5-6 marta qisqartirishlar va nimadirlarni qo'shishdan keyin essay tayor bo'ladi. So'zlarni aql bilan tanlash muhim. Yozayotgan paytingiz I love this university or Studying in Business is my childhood dream😂(men shunaqa deb qo'yganman eng birinchi univerga topshirgan paytim, u payti experience yo'q edi) demaslik kerak! Qayta qayta aytaman, SPECIFIC bo'ling. Va yana, siz topshirayotgan universitet yoki grant dasturi kimni izlayapti, requirements esdan chiqmasligi kerak. Requirement lariga mos ravishda yozing va bildiring univer xohlaydigan student sizsiz. Oxirgi gapim Настоящий bo'ling. O'zizni tasvirlaganda haqiqiy o'ziz bo'lib yozing. Hamma unique. Siz ham! Yana kimlar motivation letter yozishda qanaqa yozadi? Fikrlarizni kommentda yozing, balki bu postga qo'shib qo'yarmiz. Love you all🤍 @gayratovnablog