Post content
Toshkentda xalqaro "DevOpsDays — 2025" forumini o‘tkazish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda "Proxima" kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida: ➡️Yoshlarni DevOps yo‘nalishida xalqaro tendensiyalar bo‘yicha xabardorligini oshirish; ➡️DevOps yo‘nalishidagi malakali mutaxassislarni tayyorlash; ➡️Joriy yil 24-may kuni Toshkent shahrida "DevOpsDays — 2025" forumini tashkil etishga kelishib olindi. 👨👦👦Forum doirasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozog‘iston davlatlaridan keladigan 15 nafar xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida taqdimotlar boʻlishi kutilmoqda. 🏷Ma’lumot uchun, "DevOpsDays" — bu 2009-yildan buyon dasturiy ta’minot ishlab chiqish, IT-infratuzilma operatsiyalarini boshqarish mavzularini qamrab oluvchi global forum hisoblanadi. 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin