Post content
🔵“DevOpsDays – 2025” – ilk bor Toshkentda ➡️ Toshkent shahrida xalqaro texnik anjuman – “DevOpsDays Tashkent–2025” ilk bor o‘tkazildi. Ushbu yirik tadbir DevOps yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, ish beruvchilar va o‘quv muassasalarni bir joyga jamladi. 💻 Anjumanda Germaniya, Serbiya, Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston va O‘zbekistondan 15 ga yaqin yetakchi mutaxassislar ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. 📌 Tashrif buyuruvchilar, xususan, Proxima, Click, Amazon Web Services, Yandex Cloud, Raiffeisen Bank, Epam, Anorbank va boshqa yirik IT kompaniyalar vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘lish, bilim almashish hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Batafsil: 👉https://digital.uz/oz/news/view/56764 📩Telegram📱Facebook📱Instagram📺Youtube🌐LinkedIn🐦X