TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Rustam Nishonov Topex
Rustam Nishonov Topex avatar

TGINSIGHT POST

Post #7102

@rustamnishonov

Rustam Nishonov Topex

Views360Post view count
PostedSep 709/07/2025, 02:30 AM
Post content

Post content

Biz tirikmizmi? 🥲 "EZGULIK" inson huquqlari jamiyati raisi Abdurakhmon Tashanov oʻzining Facebookdagi sahifasida shunday yozadi: Bugun Toshkentning Seul Moon dahasida kitob do‘koni ochilishiga bordik. Tashkilotchilarga tasanno, do‘kondagi kitoblarning mundarijasi ham boy, marosim ham yaxshi tashkil qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda do‘kon ochilishi targ‘ib qilinganiga qaramay anjumanda mamlakat siyosiy elitasidan kimnidir uchratmaysiz, jamoatchilik faollari, ayrim tanish qiyofalar va sanoqli kitobxonlar. Holbuki, 2020 yilda kitobxonlikni rivojlantirish borasida so‘nggi 5 yillikdagi olamshumul rejalar haqida Hukumat qarori chiqqan. Rasmiy saytlarni ko‘rsangiz, qilingan ishlar hisobotidan boshingiz aylanadi, ammo kitobxonlik reytingi bor-yo‘g‘imizni oshkor qiladi. Lekin do‘kondor yigitga tashakkur aytaman, lavashxona ochganida boyib ketishi aniq edi, 5 tonnalik qozonga osh solganida Toshkentning yarmi kelardi, u bu yo‘lni tanlamadi, balki shuning uchun ham millat haligacha jon saqlayotgandir. Kitobxonlik reytingini ko‘ring, mulohaza qiling, biz tirikmizmi?.. 👉@rustamnishonov👈