Post content
4️⃣4️⃣4️⃣ “6 oylik kreativ kasblar grant dasturi”ga start berildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Mirzo Ulug‘bek vorislari o‘quv kurslari” hamkorligida “Yuqori qiymatli mahsulot va xizmatlar yaratuvchi yangi kasblar”ni o‘rgatishga qaratilgan “6 oylik kreativ kasblar grant dasturi” ishga tushdi. Mazkur loyiha texnikum va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun qisqa muddatda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash imkonini beradi. Dastur yo‘nalishlari: 🟢3D modellashtirish 🟢VFX compositing 🟢Animatsiya 🟢O‘yin dizayni va GameDev asoslari 🟢Digital Art 🟢FX Simulation 🟢Cinema 4D 🟢Unreal Engine ⏳Davomiyligi: 6 oy 📌 Ta’lim shakli: Blended (haftaning 5 kuni onlayn, 1 kuni offlayn – Toshkent shahrida) Ta’lim jarayonida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimga ega bo‘ladilar, balki real loyihalar ustida ishlash orqali o‘z portfoliolarini shakllantiradilar. Dastur bitiruvchilari mahalliy va xorijiy kompaniyalarda ish o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📞 +998 95 474 19 19 📧 [email protected] 🌐Hujjat topshirish – CreativeTech.uz Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram