Post content
Istanbuldagi O’zbeklar xonaqosi! Turkiyaga tashrifimiz davomida eng esda qolarli uchrashuvlardan biri Istanbuldagi O’zbeklar xonaqosini ziyorat qilish va buyuk ishlar qilgan yurtdoshlarimiz tarixi bilan tanishish bo’ldi! Professor Temurxo’ja Usmonxo’ja o’g’li (Fayzulla Xo’jayevning avlodi)ning ajdodlarimiz haqida juda muhim ma’lumotlari alohida diqqatga sazovor! Ayniqsa, buxorolik aka-ukalarning butun Amerika san’atiga qo’shgan hissasi va bu chet elda e’tirof etilishi biz uchun asosiy yangilik bo’ldi! Bizning tashrifimiz professorning 15 mingdan ortiq jadid va ajdodlarimiz adabiy meros kolleksiyasining davlatimizga taqdim etadigan kunlarga to’g’ri keldi! Jadid adabiyotimizning biz o’rganmagan va tarjima qilmagan juda ko’plab adabiyotlari yurtimizga olib kelinmoqda! 👉@rustamnishonov👈