Post content
Ilm-fanda Xitoy qay darajada ilgarilab ketganligini isboti! Xitoylik olimlar suyak sinishlarini oylar o‘rniga 2-3 daqiqada davolovchi “Bone-02” innovasion tibbiy yopishtiruvchi vositani yaratdilar. Ushbu texnologiya 150 dan ortiq bemorlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Ishlashi: yopishtiruvchi jism kichik kesma (taxminan 2-3 sm) orqali bitta inyeksiya bilan kiritiladi va hatto qon ketish paytida ham suyak bo‘laklarini 2-3 daqiqada birlashtiradi. Qo‘llashdan so‘ng, oq kukun va reaktiv suyuqlikdan iborat bo‘lgan aralashma, singan joyni mahkam tutadigan sutli jelega aylanadi. Material 180 kg gacha bo‘lgan yuklarga bardosh bera oladi va 6 oy ichida tanadan to‘liq so‘riladi, takroriy jarrohlik zaruratini yo‘q qiladi. Why Uzbek sahifasidan 👉@rustamnishonov👈