Post content
⚡️ Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tanlovi uchun qabul qayta ochildi. ✅ Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq tasdiqlangan 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan 1 320 ta o'rindan vakant qolgan o'rinlar uchun qo'shimcha tanlov o'tkazilishi belgilandi. Bunda: 📌 2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali online ro‘yxatdan o‘tadilar. Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 11-dekabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi. 🗓 Test sinovlari o‘tkazish sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyent shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi. Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin. ❗️Eslatma: O'zbekiston Respublikasi Prezidenitning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son qaroriga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi. Belgilangan miqdordagi toʻlovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi va tanlovda ishtirok etmaydi. 🎓 Abituriyentlarning oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketlik tartibiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantiriladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etiladi. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali