Post content
⚡️Malakali mutaxassislar ekspertlikka taklif etiladi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi mamlakatimiz taʼlim tizimida sifat, shaffoflik va xalqaro eʼtirofni oshirish maqsadida kasbiy taʼlim tashkilotlari va ta’lim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish jarayoniga ekspertlarni jalb etadi. 🎯 Maqsad Kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini, boshqaruv samaradorligini va taʼlim dasturlarining milliy hamda xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash orqali taʼlim tashkilotlarida ichki va tashqi mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. 📋 Nomzodlarga qoʼyiladigan talablar: ➖Oliy maʼlumotli. ➖Kasbiy taʼlim tizimida va boshqaruv sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi. ➖Kasbiy taʼlim tizimida taʼlim dasturlari va oʻquv jarayonlarini tashkil etish boʻyicha ish tajribasi. ➖Tahlil qilish, baholash, hisobot tayyorlash va mustaqil fikrlash salohiyati. ➖Betaraflik, maxfiylik, odob-axloq va manfaatlar toʻqnashuvidan holi boʻlish. ➖Davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillarni bilish ijobiy baholanadi). ➖Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet resurslaridan foydalana olish. ⚙️ Faoliyat vazifalari: ▪️har bir ekspert kasbiy taʼlim tashkilotlarining ichki baholash hisobotlarini onlayn tarzda tahlil qiladi: ▪️joyga chiqqan holda tashqi ekspertiza oʻtkazadi; ▪️sifatni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar beradi; ▪️hisobot tayyorlaydi. 🌍 Imkoniyatlar: ➖ Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari oʻquv-treninglarida qatnashish. ➖ Mahalliy va xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatga ega boʻlish. ➖ Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha xalqaro tarmoqda hamkorlik qilish va malaka oshirish. ➖ Oʻzbekiston kasbiy taʼlim tizimida sifat madaniyatini rivojlantirishga hissa qoʻshish. 📚 Taʼlim sohalari ➖Taʼlim ➖ Sanʼat ➖ Gumanitar fanlar (tillardan tashqari) ➖ Jurnalistika va axborot ➖ Biznes va boshqaruv ➖ Huquq ➖ Atrof-muhit ➖ Fizika va tabiiy fanlar ➖ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ➖ Muhandislik ishi ➖ Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari ➖ Arxitektura va qurilish ➖ Qishloq xoʻjaligi ➖ Oʻrmon xoʻjaligi ➖ Baliq xoʻjaligi ➖ Veterinariya ➖ Sogʻliqni saqlash ➖ Ijtimoiy taʼminot ➖ Xizmat koʻrsatish sohasi ➖ Gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi ➖ Xavfsizlik xizmati ➖ Transport xizmatlari 📌 Ekspertlar faoliyati shartnoma asosida amalga oshiriladi hamda asosiy ish joyidagi ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha haq toʻlanadi. 📨 Ariza topshirish tartibi Ekspertlik faoliyatida ishtirok etishni istagan nomzodlar hujjatlari (batafsil obyektivka va yoki CV, aloqa maʼlumotlari bilan)ni [email protected] elektron manziliga yuborishlari lozim. 📌 Hurmatli mutaxassislar! Sizning bilim va tajribangiz Oʻzbekiston kasbiy taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ichki va tashqi mehnat bozorini raqobatbardosh kadrlar bilan taʼminlash hamda 3-Renessansni qurishda muhim ahamiyatga ega. Murojaat uchun: Manzil: Toshkent shahri, Universitet koʻchasi, 7. Telefon: +998 97 131 44 99 Elektron pochta: [email protected]