Post content
Kutilgan darajada katta daromadlar ko’pincha odatiy qarashlarga qarshi tavakkal qilishdan kelib chiqadi, holbuki odatiy qarashlar odatda to’g’ri bo’ladi. Agar yuz baravar daromad berishi mumkin bo’lgan tavakkalning ehtimoli o’n foiz bo’lsa, siz uni har safar qilsangiz ham arziydi. Ammo, baribir o’nta urinishdan to’qqiztasida adashasiz… Hammamiz bilamizki, kimdir to’pni juda uzoqqa uchirishga harakat qilsa, ko’p urinishlarda maydondan chiqib ketadi, lekin ba’zan katta zarbalar beradi. Biroq beysbol bilan biznes o’rtasidagi farq shundaki, beysbolda natijalar chegaralangan. Qanchalik yaxshi urganingizdan qat’i nazar, eng ko’pi bilan to’rt ochko olib keladi. Daromadlarning mana shu uzoq dumli taqsimoti jasoratli bo’lishning ahamiyatini ko’rsatadi. Katta muvaffaqiyatlar juda ko’p tajribalar xarajatini qoplab yuboradi. Jeff Bezos “Amazon” asoschisi 👉@rustamnishonov👈