Post content
Odamlarga shunchalik yaxshi taklif yaratingki, ular “yo’q” deyishga ahmoqdek, tuyulishsin. Travis Jones ———————- Nega mag’lub bo’lganingizni tushunganingiz yaxshiroq - nega omadliligingizni bilmay yashashdan. doktor Burgelman, Stanford biznes maktabi professori ———————- Narx - siz to’laydiganingiz. Qiymat - siz oladiganingiz. Uorren Baffet ———————- Doimo mavjud bo’ladigan uchta asosiy bozor bor: sog’lik, boylik va munosabatlar. Ular doimo mavjud bo’lishining sababi shundaki, insonda ulardan biri yetishmasa, har doim kuchli og’riq paydo bo’ladi. Shuning uchun insoniyatning bu asosiy og’riqlariga yechim topishga doimo talab bo’ladi. —————— Qiymat va narx o’rtasidagi farqni oshirishning eng sodda yo’li - narxni pasaytirish. Ammo bu - ko’pchilik bizneslar uchun eng noto’g’ri qaror. —————— Reklama yoki sotuv matni yozishda, mijozning erishgan yutug’i boshqalar tomonidan qanday qabul qilinishini ko’rsatish orqali tasvirni kuchaytiring. —————— Tezlik - bepuldan ustundir. “Bepul”ni mag’lub etuvchi yagona narsa - “tezlik”. Odamlar tezlik uchun pul to’laydi. Ko’plab kompaniyalar bepul bozorlariga kirib, “tezlik birinchi” strategiyasi bilan ajoyib muvaffaqiyatga erishdi… Agar siz bepul raqobat bilan kurashayotgan bo’lsangiz,tezlikka urg’u bering. Aleks Hormozi: “100 million dollarlik takliflar kitobidan. 👉@rustamnishonov👈