TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
Post content
TEAM University va The Stirling Foundation tomonidan bepul ta’lim dasturi Ushbu dastur moliyaviy jihatdan ehtiyojmand yoshlar uchun moʻljallangan. Kurs davomiyligi 6 oy boʻlib, asosiy mashgʻulotlar ingliz tilini oʻrganishga qaratilgan. Shuningdek, SMM va IT boʻyicha ham qoʻshimcha bilim va koʻnikmalar beriladi. Dasturga 40 nafar oʻquvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Manfaatli jihatlar: – Dasturda qatnashish bepul – Dasturni eng yaxshi natijalar bilan yakunlagan 5 nafar oʻquvchi TEAM universitetiga toʻliq grant asosida qabul qilinadi Arizalar 2026-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/team-the-stirling-foundation/ @grantlar