TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Rustam Nishonov Topex
Rustam Nishonov Topex avatar

TGINSIGHT POST

Post #7444

@rustamnishonov

Rustam Nishonov Topex

Views172Post view count
PostedDec 2912/29/2025, 05:21 AM
Post content

Post content

Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga oʻqishga kirish tartibi oʻzgartirildi Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 1-dekabrdagi 958-sonli ‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida’’ qaroriga bir qancha o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, Akademiyaning bakalavriat dasturi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari qabul kvotasining 80 foizi bo‘yicha qabul qilinadi. (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul bundan mustasno) Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, Akademiyada ichki ishlar organlarida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi. Masofaviy ta’lim muddati: — oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar uchun — 4 yil; — oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun — to‘lov-kontrakt asosida 3 yil etib belgilandi. Umumta’lim fanlari (matematika, fizika vakimyo)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikatlar yoki xalqaro tan olingan sertifikatlarning tegishli darajalariga ega bo‘lgan nomzodlarga esa matematika, fizika yoki kimyo fanidan o‘tkaziladigan sinovlarda quyidagicha ball beriladi: — A+ A darajali milliy sertifikatga yoki A-LEVEL imtihonining B, A, A* darajali xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga — matematika, fizika yoki kimyo fanidan belgilanadigan maksimal ball; — B+, B, C+ darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan nomzodlarga — mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida matematika, fizika yoki kimyo fanidan belgilanadigan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proportsional) ball. Muhim: Bunda 2024-yil 1-martga qadar umumta’lim fanlari bo‘yicha berilgan milliy sertifikatlar uchun mazkur sertifikat olingan paytda amalda bo‘lgan imtiyoz tatbiq etiladi. Bundan tashqari, professional darajadagi nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega bo‘lgan “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan nomzodlarga matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi. Maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan bitta nomzod mazkur yo‘nalishning ikkinchi kursiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi. Shuningdek, informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy topshiriqlar soni bittaga oshirildi. Endilikda ushbu fandan imtihon biletlarida: — 1 ta nazariy savol; — 2 ta amaliy topshiriq bo‘ladi. Nomzodlarga topshiriqlarga tayyorlanishi uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Ushbu fan bo‘yicha bilim va amaliy koʻnikmalari komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan 60 ballik tizimda baholanadi. Yana bir muhim o‘zgartirishga ko‘ra, 2-ilovaning 3-band va 4-bandning 6-xatboshisidagi ‘‘qabul yilida qirq bir yoshga toʻladigan’’ so‘zlari ‘‘qirq yoshdagi’’ so‘zlari bilan almashtirildi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali