TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Rustam Nishonov Topex
Rustam Nishonov Topex avatar

TGINSIGHT POST

Post #7451

@rustamnishonov

Rustam Nishonov Topex

Views109Post view count
PostedJan 701/07/2026, 01:45 PM
Post content

Post content

2026-yilda sun’iy intellekt sabab talabgir boʻlishi kutilayotgan 5 ta kasb ⚜Coursera tomonidan 2026-yilda sunʼiy intellekt sabab talabgir boʻlishi kutilayotgan sohalar haqida maqola eʼlon qilindi. ⬇Xususan, maqolada quyidagi 5 yo‘nalish alohida tilga olingan: ➡Sunʼiy intellekt va ML muhandislari — ushbu kasb egalari AI/ML usullari yordamida biznes uchun foydali yechimlarni taklif etadi hamda ortiqcha resurs sarfini kamaytiradi. ➡Ma’lumotlar muhandisi — sunʼiy intellekt rivojlanishi ortidan katta maʼlumotlar makoni shakllanmoqda, ushbu maʼlumotlarni tahlil qilish, oʻrganish aynan shu soha vakillariga talabni oshirishi kutilmoqda. ➡Robotexnika muhandisi — sunʼiy intellekt modellari rivojlanayotgani sabab robotexnika yoʻnalishi ham izchil kuchaymoqda. Dunyoda hozirgi vaqtda humanoid robotlar ishlab chiqish poygasi boshlangan. Shu sabab, kelgusida aynan robotexnika muhandisiga talab yuqori boʻlishi mumkin. ➡NLP (Natural language processing) mutaxassisi — Ai’ni inson tili bilan ishlashga moslaydi. Nutqni tanish, matnni tushunish, tarjima va matndan ma’no ajratish (sentiment/tasnif) kabi funksiyalarni yaratadi. ➡Kompyuter vision muhandisi — sunʼiy intellektga “ko‘rish” imkonini beradi. Yaʼni obyektni aniqlash, yuzni tanish, tasvirni tahlil qilish kabi yechimlar ustida ishlaydi. ⚡Zamon tez rivojlanmoqda ortda qolmaslik hamda yangi bilim marralarini kashf etishni hozirdan boshlang, aileaders.uz saytiga tashrif buyuring va sunʼiy intellekt kurslarida bepul tahsil oling! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin