Post content
⚡️Askarlarga harbiy qismning o‘zida oliygohga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishda harbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, jumladan, o‘quv jarayonini harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti negizida raqamli va intellektual ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi. Jumladan, armiyada yoshlar kamida bitta kasb egasi boʻlib chiqishi boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratiladi. Harbiy qismlardagi asosiy yoʻnalish va mutaxassisliklardan kelib chiqib, askarlarni kasbga tayyorlash bo‘yicha 3-6 oylik dasturlar ishlab chiqiladi. Dasturni yakunlagan askarlar malaka imtihonidan o‘tkazilib, ularga kasb sertifikati beriladi. Har yili 5 ming askar saralab olinib, “Bir million dasturchi” va “Besh million sunʼiy intellekt yetakchisi” dasturlari doirasida oʻqitiladi. Askarlarga muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida harbiy qismning oʻzida oliygohga oʻqishga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda oʻqishini boshlaydi. Shu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olmoqchi boʻlgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari qoplab beriladi. Agar ular oliygohlarga kontraktga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali