TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Rustam Nishonov Topex
Rustam Nishonov Topex avatar

TGINSIGHT POST

Post #7668

@rustamnishonov

Rustam Nishonov Topex

Views1,020Post view count
PostedApr 504/05/2026, 07:49 PM
Post content

Post content

Xususiy olimpidalar "O'LDIRILADI"(mi?)! Hukumatning muhokamalar portaliga "Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Ushbu qaror xususiy sektor tomonidan o'tkaziladigan tashabbusli olimpiadalarni "O'LDI"rishga xizmat qilishi mumkin. Hozirda asta-sekinlik bilan rivojlanib borayotgan bunday olimpiadalar orqali davlat qamrab ololmagan iqtidor egalarini qo'shimcha rag'batlantirish, ularni kashf etishga xizmat qilmoqda. Shu holatda ham ilmli yoshlarga investitsiya qilishda maqtanadigan holatda emasmiz. Qolaversa, bunday olimpiadalarni tijoriylarini ota-onalarning o'zlari xohishi asosida moddiy qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Qolaversa, homiylar tomonidan, masalan, nodavlat OTMlar tomonidan ham bunday olimpiadalar tashkil etilib, yosh bilimdonlar qo'llab-quvvatlanmoqda. Bunday xususiy olimpiadalarning davlatdan ruxsat olib, rejaga kiritilishi bu sohani monopollashtiradi va reja-dasturga kiritish kabi ovoragarchiliklar bu bozorni o'ldiradi. Eng qizig'i, davlatga va fuqarolarga hech qanday zarar yetkazmayotgan yoki ijtimoiy xavfi bo'lmagan bunday olimpiadalarga nega davlatning ruxsati talab etiladi. Qarorga ilova qilingan NIZOMning 4-bandida "Республика миқёсида ташаббус тартибида ташкил қилинадиган барча турдаги (онлайн ва офлайн, нотижорий ва тижорий) фан олимпиадалари Марказ билан келишган ҳолда ўтказилади ҳамда олимпиадалар тақвимига киритилади." jumlalarini olib tashlash kerak. Bu mantiqsizlik vazirlik va butun ta'lim tizimiga ham dog' bo'lib tushadi. Ruxsat berishni pullik qilish maqsad bo'lishi ham mumkin va bundan esa navbatdagi korrupsion sxemalarning paydo bo'lishini kutsak bo'ladi. Xullas, nafaqat ta'limga befarq bo'lmaganlar, balki ota-ona sifatida farzandlarimizni kelajagi uchun ham ushbu bandga o'z fikrimiz bildirishimiz kerak. Eng qizig'i, bu qaror loyihasi joylashtirilganiga 10 kundan oshgan bo'lsada bu band haqida deyarli fikr bildirilmagan. Yoshlarni kashf etib, ularga qo'shimcha imkoniyat ochadigan bunday tashabbusli olimpiadalar uchun shunchalik befarqmizmi? "Sukut alomati rizo" deganidek, indamasak, ertaga o'zimizni kechira olamizmi? Ertaga vijdoningiz qiynalmasligi uchun ham fikr bildiring. Zero, hozirda Sizning qo'lingizdan keladigan eng ta'sirli chora, hech kim o'chirib tashlay olmaydigan va bekita olmaydigan manzilda fikringiz orqali o'z pozitsiyangizni bildirish, qolgani esa qaror tashabbuskorlarining vijdoniga havola. Ha aytgancha, VAQT JUDA OZ QOLGAN. Ushbu link orqali qaror loyihasiga o'z fikringizni qoldiring! 👉@rustamnishonov👈