Post content
Nodavlat kasbiy ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi Kasbiy ta’lim agentligi direktor o‘rinbosari Shihnazar Sharofaddinov hamda O‘zbekiston nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi rahbari N. Abulhasan raisligida respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat kasbiy ta’lim tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-190-son Farmoni hamda PQ-316-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratildi. Uchrashuvda: —ta’limga qabul jarayonlarini tashkil etish; —o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish; —o‘qituvchilar malakasini oshirish; —xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. 📌Shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlari vakillari tomonidan bildirilgan takliflar tinglanib, ular yuzasidan mas’ullar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X