TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Rustam Nishonov Topex
Rustam Nishonov Topex avatar

TGINSIGHT POST

Post #7692

@rustamnishonov

Rustam Nishonov Topex

Views695Post view count
PostedApr 904/09/2026, 06:33 PM
Post content

Post content

#Qonunchilik_yangiliklari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish tartibi belgilandi 🏢 Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida o‘qishga oid idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3808, 08.04.2026-y.). 💬 Mazkur hujjat bilan Institutda mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek Institutning magistratura va klinik ordinaturasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishni tashkil etish tartibi belgilanmoqda. 👥Unga ko‘ra, tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlab chiqarishdan ajralgan holda hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi. 📑Tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi. 🔸 Kurslar Institut bilan kelishilgan holda buyurtmachi tomonidan tuziladigan taqsimot-rejalarga asosan tashkil etiladi. 💸 Tinglovchilar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida Institut bilan shartnomaga muvofiq to‘lov asosida o‘qitiladi. ▶️ Sinov imtihonlari oraliq va yakuniy nazorat turlaridan iborat bo‘lib, test shaklida o‘tkaziladi. ❗️ Tinglovchilarning o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida baholanadi. 🏬 Institut tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga sertifikat taqdim etiladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram