Post content
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalini o'tkazishda ishtirok etdik! 🤩 2026-yil 28–30-aprel kunlari o‘tkazilgan ushbu nufuzli festivalnafaqattexnologiyalar bayrami, balki yoshlar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. 💫TOPEXTEXNIKUM o‘quvchilari“Oltin qanot”volontyorlarsafida ushbu festivalda faol ishtirok etib, tashkiliy jarayonlarning ajralmas qismiga aylandilar. Ular quyidagi yo‘nalishlarda o‘zlarini sinab ko‘rishdi: 🔹 Tarjimonlik 🔹 Media jamoasi 🔹 Robototexnika yo‘nalishi 🔹 Tashkiliy ishlar 🔹 Maydondagi volontyorlik 🔥 Har bir o‘quvchimiz o‘z vazifasini sidqidildan bajarib, mas’uliyat, intizom va jamoaviy ishlash borasida yuqori natijalarni ko‘rsatdi. 🫶 Bu biz uchun oddiy ishtirok emas — bu faxr! TOPEXTEXNIKUM o‘quvchilari nafaqat bilim olayotganini, balki real jarayonlarda ham o‘z o‘rnini topayotganini yana bir bor isbotladi. 📌 Jami 150nafardan ortiq volontyorlar qatorida bizning o‘quvchilarimiz ham munosib e’tirof etilib, sertifikatlar, esdalik sovg‘alari va maxsus rag‘batlar bilan taqdirlandi. 🚀 Kelajak muhandislari bugundan shakllanmoqda — va ular orasida TOPEXTEXNIKUM yoshlari bor! @topextexnikum