Post content
#interview 🗣 “EY” kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz boʻyicha texnologik maslahat berish amaliyoti rahbari Nestor Komarnytskiy IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda yaratilayotgan “Enterprise Uzbekistan” Raqamli texnologiyalar xalqaro markazining istiqbolli kelajagi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. ✅ “Enterprise Uzbekistan” maxsus tartib zonasi sifatida faoliyat yuritishga qaratilgan boʻlib, moslashtirilgan meʼyoriy-huquqiy baza, kuchaytirilgan shaxsiy maʼlumotlar va intellektual mulk himoyasi, xalqaro bank xizmatlaridan oson foydalanish imkoniyati kabi koʻplab muhim afzalliklarni taqdim etadi. Ushbu xususiyatlar innovatsiya va tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi qulay biznes muhitini yaratishga xizmat qiladi. Ishonchimiz komilki, bizning hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi va “Enterprise Uzbekistan” yangi loyihalar hamda investitsiyalarni jalb qilish uchun katalizatorga aylanadi. “Enterprise Uzbekistan” kabi tashabbuslar bu jarayonni tezlashtirish va Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamda texnologik rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yordam beradi. — Nestor Komarnytskiy 🕸 Toʻliq videoni havola orqali tomosha qiling: https://www.ey.com/en_kz/news/2024-videos/ey-enterprise-uzbekistan-initiative Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn