Post content
🚀"Anti-Corruption Hackathon 2025"ga qo‘shiling! 2-3-4 may kunlari Yangi O‘zbekiston universitetida “ Anti-Corruption Hackathon 2025" xakatoni bo‘lib o‘tadi. Siz bu yerda ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar yaratishingiz mumkin! Yo‘nalishlar: 🟢Davlat xaridlari 🟢Sport 🟢Qurilish 🟢Moliya va sug'urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish 🟢Ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yo‘nalishlar 🏆Nimalar kutmoqda? Ko‘nikmalarni oshirish imkoniyati Ajoyib loyihalar ustida jamoaviy ish Mukofotlar G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan 🇭🇰 "Coding4Integrity" xakatonida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishga taklif etiladi! Kimlar ishtirok eta oladi? 🔹18-35 yoshdagilar 🔹Ingliz tilini yaxshi biladiganlar 🔹Yakka yoki 3 kishilik jamoa bilan qatnashish mumkin 🎓 Tayyorlov vebinari: 21-aprel 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 29-aprel 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi 💡 Texnologiyalar kelajagi uchun hissa qo‘shing va o‘z iste’dodingizni namoyon eting!