TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #5724

@startupbaseuz

StartupBase

Views2,300Post view count
PostedMay 105/01/2025, 03:04 PM
Post content

Post content

IT Park Open Doors Day - Startup Advice IT PARK Uzbekistan yangi haftalik tashabbusi doirasida startaplar va rivojlanishning dastlabki bosqichidagi jamoalar uchun maxsus "Open Doors Day - Startup Advice" tadbirini o‘tkazadi. Tadbirda siz o‘z startapingiz uchun huquqiy, moliyaviy va investitsiya ma’lumotlarini olishingiz mumkin. Agar siz birinchi loyihangizni endi tayyorlayotgan bo‘lsangiz, investitsiyalarni jalb qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki allaqachon kengayishni boshlagan bo‘lsangiz, bu amaliyotchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Shuningdek, siz startapni ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar olishingiz va IT Park’ning qaysi dasturlari sizning loyihangizga yordam berishini bilib olishingiz mumkin. 🗓 Birinchi uchrashuv: 7-may 🕰 Vaqt: 15:00 - 17:00 📍 Manzil: IT Park Toshkent filiali, Maxtumquli 1A 🌐 Faqat registratsiya orqali tashrif buyurish - bu yerda ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/unvrwxpnvJPhzeZ56