TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #5731

@startupbaseuz

StartupBase

Views832Post view count
PostedMay 705/07/2025, 11:25 AM
Post content

Post content

Toshkent shahridagi Adju universitetida “DesCom Design Community” va “GDG Tashkent” tomonidan tashkil etilgan “DesCom Quest 2025” — O‘zbekiston tarixidagi ilk dizayn hakatoni bo‘lib o‘tdi. 20 ta jamoani tashkil etgan 70 dan ortiq ijodkorlar uch yo‘nalish — EdTech, FinTech va TourTech bo‘yicha brend konsepsiyalari, SMM strategiyalari, landing sahifalari va UX/UI prototiplarini yaratish ustida ishladilar. Kun yakunida jamoalar o‘z g‘oyalarini hakamlar hay’atiga taqdim etishdi. G‘olib jamoalar: 🏆 Yo‘nalish bo‘yicha g‘olib jamoalar • FinTech — Tarroh • EdTech— Emotion First • TourTech — DSGNRS jamoasi 🎖 IT Park tomonidan taqdim etilgan maxsus mukofotlar • Currex • User First Barcha g‘oliblar “Yandex Station” qurilmalari bilan taqdirlandi. Ishtirokchilar esa amaliy ko‘nikmalar, yangi g‘oyalar va mustahkam kasbiy aloqalar o‘rnatish imkoniga ega bo‘lishdi. Barcha ishtirokchilarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz — bu O‘zbekistonda dizayn sohasi kelajagining boshlanishi, xolos!