TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #5797

@startupbaseuz

StartupBase

Views870Post view count
PostedMay 3005/30/2025, 06:29 AM
Post content

Post content

🚀Xalqaro bozorlarga qanday qilib minimal xavf bilan chiqish mumkin? Local2Global dasturi — bu shunchaki xarajatlarni qoplash emas, balki biznesingizni xalqaro darajaga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan vositalar, aloqalar va mexanizmlarni taqdim etadigan to‘liq eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimi. 🔍2-iyun kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadigan taqdimotda dasturning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishing: 🤔 Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash — 50% gacha xarajatlarni qoplash: • Xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish • Konferensiyalar • Xorijga xizmat safarlari • Chet ellik mijozlarni O‘zbekistonga taklif qilish 🤔 Integratorlar — mahalliy va xalqaro vakillar: • Rezidentlarga mijoz topishda yordam beradi • Xizmatlarni xorijda targ‘ib qiladi • Muzokaralar va shartnomalarda ko‘maklashadi 🤔 Xalqaro tadbirlar • IT Park tomonidan xorijda tashkil etiladigan stendlar • “Central Asian Innovation Hubs” brendi ostida qatnashish imkoniyati • Investorlar, mijozlar va hamkorlar bilan netvorking 🤔 Eksportni tezlashtirish • Xalqaro ekspertlardan mentorlik • Bozorga kirishning individual strategiyalari • Huquqiy, marketing va texnik masalalarda ko‘mak 🎯 Local2Global — bu sizni imkoniyatlar, resurslar va tarmoqlar bilan bog‘laydigan, eksportni tezroq, samaraliroq va kamroq xavf bilan yo‘lga qo‘yish imkonini beruvchi kuchli rivojlanish vositasi. 🗓 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — taqdimotda ishtirok eting: 📍 2-iyun, soat 11:00 | IT Park bosh ofisi (Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi) 🔗Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting