TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #5854

@startupbaseuz

StartupBase

Views2,360Post view count
PostedJun 2306/23/2025, 02:06 PM
Post content

Post content

🛡Endi raqamli startaplar intellektual mulk ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarini to‘liq qoplash imkoniyatiga ega! “Digital Startups” dasturi doirasida IT Park Uzbekistan intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlaringizni 100% qoplab beradi, jumladan: ✔️ Intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy maslahat va ko‘mak. ✔️ Tovar belgilari, mualliflik huquqi va patentlar uchun arizalar topshirish bo‘yicha davlat bojlari. ✔️ Tovar belgilari, mualliflik huquqi yoki patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalarini olish uchun davlat bojlari. Intellektual mulk bilan bog‘liq xarajatlarni qanday qoplash mumkin? 1. “StartupBase” platformasida startapingizni ro‘yxatdan o‘tkazing. 2. Shu platforma orqali “Digital Startups” dasturiga ariza topshiring. 3. Ishtirokingiz tasdiqlangandan so‘ng, intellektual mulk xarajatlarini qoplash uchun so‘rov yuboring. 🔗 “Digital Startups” dasturida ishtirok etish bo‘yicha batafsil talablar bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.