TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #5872

@startupbaseuz

StartupBase

Views2,670Post view count
PostedJun 2706/27/2025, 10:27 AM
Post content

Post content

🎉Startup Boost Uzbekistan — natijalar e’lon qilindi! IT Park Uzbekistan va “Startup Garage” hamkorligida tashkil etilgan bir oylik jadal akseleratsiya dasturi rasman yakuniga yetdi — yakuniy natijalar ma’lum bo‘ldi! Bu O‘zbekistonda o‘tkazilgan eng yirik akseleratsiya dasturi bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab 100 dan ortiq startap loyihalarni birlashtirdi. Dastlab, yakuniy “Demo Day” bosqichiga faqat 10 ta startap chiqishi kutilgan edi. Biroq, ko‘plab ishtirokchilarning yuqori salohiyatini inobatga olgan holda, hakamlar hay’ati va tashkilotchilar bu raqamni 15 taga oshirishga qaror qilishdi! 👉 Quyidagi 15 ta startap yakuniy bosqichga yo‘l oldi va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Demo Day” tadbirida o‘z taqdimotlarini o‘tkazadi: 1. UniLink (Andijon) 2. Babai (Samarqand) 3. Historia AI (Namangan) 4. Diip.uz (Xorazm) 5. IshMarkaz (Surxondaryo) 6. EduCoin (Jizzax) 7. LexiBoost (Buxoro) 8. Bahola (Jizzax) 9. UzTrip (Buxoro) 10. Tellock (Farg‘ona) 11. BIY (Sirdaryo) 12. Asofoetida (Namangan) 13. Enola (Farg‘ona) 14. MediCard (Navoiy) 15. Humopedia (Farg‘ona) 🔥 Agar siz TOP 15 talikka kirgan bo‘lsangiz — “Demo Day”ga tayyorgarlikni boshlash vaqti keldi! Demo Day barcha uchun ochiq — unda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. 🗓Sana: 1-iyul | 17:00 📍Manzil: Startup Garage (xarita) 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola 📩 Akseleratsiya dasturining barcha faol ishtirokchilari shu hafta oxirida raqamli sertifikatlarga ega bo‘ladilar. 🔔 Diqqat bilan kuzatib boring — “Startup Boost” dasturining navbatdagi bosqichi tez orada e’lon qilinadi! 🔗 To‘liq maqola: startupbase.uz