TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #5881

@startupbaseuz

StartupBase

Views641Post view count
PostedJun 2806/28/2025, 10:46 AM
Post content

Post content

“BetterFuture Uzbekistan Demo Day” muvaffaqiyatli yakunlandi! 2025-yil 25-iyun kuni “BetterFuture Uzbekistan” akseleratsiya dasturining yakuniy “Demo Day” gibrid formatda bo‘lib o‘tdi — oflayn qismi “U-Enter” markazida tashkil etildi. 8 hafta davomida tanlab olingan startaplar o‘z mahsulotlarini takomillashtirish, biznes modellarini mustahkamlash va investitsiyalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida intensiv onlayn dasturda ishtirok etishdi. 🚀 Taqdimot qilgan startaplar: “laCafe”, “Mabian AI”, “Moliy AI”, “PromptLab”, “Spaceborne”, “TenderGPT”, “Tirgo”, “TPM Solutions” 👥 Tadbir ishtirokchilari: ➡️ “BetterFuture Uzbekistan” dasturi bitiruvchilari ➡️ Mahalliy va xalqaro venchur kapital fondlari (qisman onlayn tarzda) ➡️ Hamkor tashkilotlar vakillari ➡️ Talabalar, jumladan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)dan 🌐 Xalqaro hakamlar hay’ati a’zolari: Jan Davideck — “Purple Ventures” hamkori Imtiyaz Basharat — “Heartfelt Capital” venchur investori Kelly Pang — “Orbit Startups” katta dastur menejeri Biz texnologiya sohasidagi tadbirkorlarning yangi avlodini qo‘llab-quvvatlash va ularni xalqaro tajriba hamda moliyalashtirish imkoniyatlari bilan bog‘lashdan faxrlanamiz!