Post content
IT Park UzbekistanQatar Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi “TASMU Accelerator” bilan hamkorlikda istiqbolli startaplarni “Smart Qatar” milliy tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan innovatsion akseleratsiya dasturining 3-bosqichi uchun ariza topshirishga taklif etadi. “TASMU Accelerator” global o‘sish bosqichidagi texnologik startaplarga Qatar va MENA bozorlariga chiqish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur to‘liq masofaviy shaklda o‘tkaziladi va ulush talab qilinmaydi. Asosiy yo‘nalishlar: 🟢 Aqlli shaharlar 🟢 Sog‘liqni saqlash 🟢 Atrof-muhit 🟢 Transport va logistika Dastur afzalliklari: 💸 Ulushsiz moliyalashtirish: eng yaxshi startaplar uchun 200 000 QAR (~55 000 AQSh dollari) 🤝 Investorlar bilan aloqa: 45 dan ortiq venchur kapital fondlari va korporatsiyalar bilan bog‘lanish 🛡 Ulush talab qilinmaydi: 100% egalik huquqingizni saqlab qolasiz 🌐 To‘liq onlayn: dunyoning istalgan nuqtasidan ishtirok eting 🏙 Bozorga kirish: sinov loyihalari va Qatar muassasalarшвфт amaliy ko‘mak 🧰 1 million QAR dan ortiq bepul vositalar: bulut xizmatlari, dasturiy ta’minot va boshqa resurslar 🛬 Qatarga qulay moslashuv: – Biznesni bepul ro‘yxatdan o‘tkazish – “Golden Visa” olish imkoniyati – “Scale Now” dasturiga tezkor yo‘llanma 🏢 Bepul ofis maydoni va uy-joy bilan ta’minlash 🎓 Qatardagi universitetlardan eng iqtidorli amaliyotchilar 📣 Dastur platformalari orqali ommaviy axborot vositalarida keng yoritilish 🗓 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 25-iyul 🔗Hoziroq ariza topshiring:f6s.com/tasmu-accelerator-2025-cohort/apply